So’nggi yangiliklar

01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7

Ubaydullo Nabiev: Dinamo oliy liga sari yana bir muhim qadamni tashladi Yangiliklar

Ubaydullo Nabiev: Dinamo oliy liga sari yana bir muhim qadamni tashladi

Teglar :  Paxtakor-2Dinamo
Paxtakor-2 - Dinamo (0:2) uchrashuvidan keyin samarqandliklar himoyachisi Ubaydullo Nabievning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Kutganimizdek o'yin ancha og'ir bo'ldi. Raqib jamoa tarkibi yosh bo'lishiga qaramay, jiddiy qarshilik ko'rsatishdi - deya gap boshladi Dinamo futbolchisi.

- Paxtakor-2 o'tgan turda Zomin ustidan 6:2 hisobida zafar quchganligi bu jamoaning kuchini bildirib turardi. Oldingi mavsumlarda ham aynan Paxtakor-2 favorit jamoalarni mag'lub eta olgan. Bugun birinchi bo'lim hisob ochilmadi, tanaffusdan keyin murabbiylarimiz bizga xato va kamchiliklarimizni aytishdi. Ikkinchi bo'limdan o'z o'yinimizni ko'rsatib, raqibni engishga erishdik. Asosiysi, Dinamo Oliy Liga sari yana bir muhim qadamni tashladi.

- Ubaydullo, oldingi yillarda sizni maydonda hujumchi yoki yarimhimoyachi sifatida ko'rardik. Hozirda esa himoyachi sifatida to'p surayapsiz. O'zingizga qaysi chiziqda to'p surish nisbatan yaxshi?


- CHindan ham dastlab hujumchi va yarimhimoyachi sifatida to'p surardim. Murabbiyimiz Uchqun aka Qobilov meni himoyachi sifatida kashf etgan. Oldinroq o'ng qanot himoyachisi sifatida to'p surardim. Hozirda esa markaziy himoyachiman. Aynan mana shu chiziqda to'p surish o'zimga ham yoqayapti.

- Navbatdagi turda Dinamo Orolga qarshi to'p suradi. Nukus klubi so'nggi ikkita o'yinda 7 tadan gol urib, g'alabaga erishmoqda…


- CHindan ham bu jamoaga qarshi o'yin ham oson bo'lmaydi. Birinchi davrada ham Dinamo safarda Orolni qiyinchilik bilan mag'lub etgan. Bilasizmi, Orol ko'proq uy jamoasi sanaladi. Suniy qoplamali maydonda ularga qarshi to'p surish har qanday jamoaga qiyinchilik tug'diradi. O'ylaymanki, ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rib, Samarqandda muxlislarimizni xursand qilamiz. CHunki hozirda xato qilishga xaqimiz yo'q.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика