Umar Adhamzoda: "Xorazm" biz kutgan o'yinni namoyish etmadi"
26 may 2025 13:05
Yangiliklar
Umar Adhamzoda: "Xorazm" biz kutgan o'yinni namoyish etmadi"
Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Umar Adhamzoda fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Eng muhimi, g'alaba qozondik va muxlislarni xursand qildik. Qiyin o'yin bo'ldi. "Xorazm" biz kutgan o'yinni namoyish etmadi. O'z xatomiz evaziga tezkor gol o'tkazib yubordik. Ammo natijani o'z tarafimizga og'dira oldik.
Raqiblar bizni yaxshi o'rganib chiqyapti. Har doim ham yirik hisob qayd etilavermaydi. Muhimi – g'alaba.
Endi qisqa tatilga chiqamiz. Maksimal kuch to'playmiz. Ha, bizni davra yakuniga qadar kuchli raqiblar kutib turibdi. Lekin baribir o'sha jamoalarga qarshi o'yin o'tkazamiz", dedi 27 yoshli futbolchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar