U-23 Osiyo chempionati. Ikkinchi finalchi hamda 3-o'rin uchun O'zbekiston bilan bahslashadigan jamoa aniqlandi (taqvim)

Eldor Akmurzayev
22 yanv 2020, 20:10
Tailanddagi qita birinchiligining ikkinchi yarim final bahsi Avstraliya hamda Janubiy Koreya o'rtasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning ilk taymida hisob ochilmagan bo'lsa, keyingi bo'limda koreyaliklar a'zolari Kim Dae Von hamda Li Don Gyon raqib darvozasini ishg'ol etishdi. Mazkur gollar J.Koreyaga Osiyo chempionati finali hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'llanmasini taqdim etdi. 

Ular musobaqaning hal qiluvchi bahsida Saudiya Arabistoniga qarshi to'qnash kelishadi. “Kengurular yurti” futbolchilari esa O'zbekiston OTJ bilan uchinchi o'rin uchun kurash olib boradi. Bronza medallari sohibi ham Olimpiada ishtirokchisiga aylanadi. 

Avstraliya – J.Koreya 0:2

Gollar: Kim Dae Von 56, Li Don Gyon 76

3-o'rin uchun bahs:

25-yanvar, 17:30, O'zbekiston – Avstraliya


FINAL:

26-yanvar, 17:30, J.Koreya – S.Arabistoni

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia