U-20 Osiyo Kubogi. Bugun ikkita o'yin o'tkaziladi
02 mar 2023 07:12
Yangiliklar


U-20 Osiyo Kubogi. Bugun ikkita o'yin o'tkaziladi
O'zbekistonda 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasida Osiyo kubogi bahslari boshlanadi.
Kecha musobaqaning 1-kuni doirasida to'rtta uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bugun chempionatning 1-tur bellashuvlari davom ettiriladi. Avvaliga "Jar" stadionida Janubiy Koreya hamda Ummon terma jamoalari, keyin esa Tojikiston terma jamoasi Iordaniya bilan o'zaro hisob-kitob qiladi.
2 mart, payshanba
15:00, J.Koreya – Ummon
"JAR" stadioni
17:00, Tojikiston – Iordaniya
"Lokomotiv" stadioni
3 mart, juma
15:00, Yaponiya – Xitoy
"JAR" stadioni
17:00, Saudiya Arabistoni – Qirg'iziston
"Bunyodkor" stadioni
Eslatib o'tamiz, joriy turnir 41-marotaba tashkil etilmoqda. Unda muvaffaqiyatga erishgan 4 jamoa mundialga yo'l oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar