So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

U-20 Osiyo chempionati. Kelasi yil O'zbekistonga kimlar keladi? Yangiliklar

U-20 Osiyo chempionati. Kelasi yil O'zbekistonga kimlar keladi?

2023 yilning 1-18 mart kunlari O'zbekiston yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi.

Bu 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib, U-20 Osiyo chempionati deyiladi. 10-18 sentyabr kunlari Osiyoning 10ta davlatida mana shu musobaqaga saralash uchrashuvlari bo'lib o'tadi va shundan so'ng biz O'zbekistonga tashrif buyuradigan 15ta terma jamoa nomini bilib olamiz. 

O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo chempionati shunisi bilan muhimki, bunda jahon chempionati yo'llanmasi o'ynaladi. Yani, musobaqa davomida yarim finalga yo'l olgan 4ta jamoa Indoneziyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'l oladi. Jahon chempionati ham kelasi yil 20 may - 11 iyun oralig'ida o'tkaziladi.


Saralash qanday o'tadi? 

Malumki, shu yilning 24 may kuni U-20 Osiyo chempionatining saralash o'yinlariga qura tashlandi. Qura natijalariga ko'ra, jamoalar 10ta guruhga bo'lingan. O'zbekiston U-20 terma jamoasi "A" guruhidan joy olgan bo'lib, saralashda konkursdan tashqari ishtirok etadi. Yani, biz mezbon hisoblanganimiz bois saralashdagi natijalarimiz hisobga o'tmaydi. 

SHu bois O'FA U-20 terma jamoamizga tegmasdan saralashda U-19 terma jamoasining qatnashishini lozim topdi. Bu ham yaxshi albatta, chunki bir yosh kichik futbolchilar shu bahona tajriba to'plab olishadi. 

O'zbekiston U-20 terma jamoasi (bosh murabbiy: Ravshan Haydarov) Urugvayda tashkil etilgan 4ta jamoa o'rtasida xalqaro turnirda qatnashishni lozim topgan. Bu musobaqada biz Urugvay, Argentina va Braziliya bilan kuch sinashamiz. (Futbolchilarimiz Urugvayga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi). Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan saralashga esa U-19 terma jamoasini Farhod Nishonov olib ketdi.


Demak, aytib o'tganimizdek, saralash bosqichi 10ta guruhda olib boriladi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, guruh g'oliblari hamda eng yaxshi 5ta ikkinchi o'rin egalari (jami 15 jamoa) U-20 Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.  

"A" guruhi: Saudiya Arabistoni, Xitoy, Myanma, Maldiv, O'zbekiston.

Saralash o'yinlari mezboni: Saudiya Arabistoni


"B" guruhi: Qatar, Bahrayn, Bangladesh, Nepal, Butan

Saralash o'yinlari mezboni: Bahrayn


"C" guruhi: Yaponiya, Yaman, Falastin, Laos, Guam. 

Saralash o'yinlari mezboni: Laos


"D" guruhi: Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Suriya, Turkmaniston, SHimoliy Mariana orollari.

Saralash o'yinlari mezboni: Iordaniya


"E" guruhi: Janubiy Koreya, Malayziya, Mo'g'uliston, SHri Lanka.

Saralash o'yinlari mezboni: Mo'g'uliston. 


"F" guruhi: Indoneziya, Vetnam, Gonkong, Timor-Leste.

Saralash o'yinlari mezboni: Indoneziya


"G" guruhi: Tailand, Ummon, Filippin, Afg'oniston. 

Saralash o'yinlari mezboni: Ummon. 


"H" guruhi: Iroq, Hindiston, Quvayt. 

Saralash o'yinlari mezboni: hozircha aniq emas 


"I" guruhi: Tojikiston, Kambodja, Livan, Singapur. 

Saralash o'yinlari mezboni: Tojikiston


"J" guruhi: BAA, Eron, Qirg'iziston, Bruney. 

Saralash o'yinlari mezboni: Qirg'iziston.


Saralash bosqichi barcha guruhlarda 10-18 sentyabr oralig'ida bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan. Hozircha faqat "H" guruhi o'yinlari qaerda o'tkazilishi  malum emas. Avvaliga mezbon sifatida Iroq tanlangandi, biroq Avstraliya U-20 terma jamoasi siyosiy vaziyat sabab Iroqqa borishdan hamda saralashda qatnashishdan bosh tortdi. Natijada bu guruhda 3ta jamoa qoldi.

 


O'zbekiston U-19 qachon kim bilan o'ynaydi? 

Quyida O'zbekiston U-19 terma jamoasining saralashdagi taqvimini keltirib o'tamiz. 

10 sentyabr. O'zbekiston - Maldiv

12 sentyabr. O'zbekiston - Myanma

14 sentyabr. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston

16 sentyabr. Xitoy - O'zbekiston

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика