So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  56 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  2 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  10 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  10 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  20 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  6 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  8 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  5 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  43 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

U-20 JCH. O'z kuni kelishini kutgan va futbol uchun darsdan qochgan O'zbekistonning yangi qahramoni haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

U-20 JCH. O'z kuni kelishini kutgan va futbol uchun darsdan qochgan O'zbekistonning yangi qahramoni haqida hikoya qilamiz

U-20 jahon chempionatining 3-turi doirasidagi uchrashuvda O'zbekiston Gvatemalani mag'lub etdi. Mazkur bahsda yoshlar terma jamoamiz tarkibida yangi futbolchi kashf etildi.

SHahzod Nematjonov 2003 yilning 6 avgustida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tavallud topgan. Uning otasi SHavkat Saidov ham professional futbolchi bo'lgani sababli SHahzodda "millionlar o'yini"ga bo'lgan qiziqish erta uyg'onadi va 6 yoshidan "Metallurg" klubi qoshidagi maktabda Jamshid Mirabdullaev qo'l ostida ilk saboqlarini ola boshlaydi.

Keyinchalik "Bunyodkor" akademiyasida Alisher Ibrohimov murabbiyligida shakllana boshlagan hujumchi futbolchilik karerasini o'zi uchun begona bo'lmagan "Metallurg" jamoasida boshlaydi. 

Futbolgi bo'lgan qiziqish maktab davridanoq uni cho'lg'ab olgan. SHo'xlik davri qiziqarli voqealarga boy bo'lishi tabiiy.

"Maktab davrida sinflar o'rtasida futbol o'ynash urfga aylangandi va haqiqiy "jang" bo'lardi. Bolalar kuchi qolmaguncha, jon-jahdi bilan harakat qilishardi. Parallel sinfda amakimni o'g'li jamoa shakllantirsa, bizning sinfda men o'z sheriklarimni yig'ardim. Qaysidir yil 20 maylar chamasi, yakuniy imtihonlar yaqin pallada ikki sinfdan beshtadan, jami o'n nafar bola darsdan qochganmiz va suniy qoplamali maydonda odatdagi o'yinlarimizdan birini boshlaganmiz. Futbolga shunchalik kirishib ketganmiz, oqibatda sinfdoshimizlarimizdan birining qo'li sinib qolgan. Imtihonlar yaqin, bolaning esa qo'li sindi. SHundan so'ng avjiga chiqish boshlandi. Bolaning ota-onasi kelib, nega ular dars payti futbol o'ynagani ketishgan deya baqir-chaqir qilishgan. Bizning ham ota-onalarimizni chaqirishgan. U bola imtihonlarni topshirolmagan. Xullas, barchamiz uzr so'rab qutulganmiz".

Klubning o'rinbosarlar jamoasi tarkibida muntazam maydonga tushiriladigan futbolchi asosiy jamoa tarkibidagi debyutini 2022 yil OKMKga qarshi bahsda o'tkazgan. O'shanda Nematjonov 78-daqiqada maydonga tushirilgan va jamoasi g'alaba qozongan.

"Klubning asosiy jamoasi tarkibidagi ilk uchrashuvim juda hayajonli o'tgan. OKMKga qarshi bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edik. So'nggi daqiqalarda hisobni saqlab qolish muhim edi. Jamoadagi barcha birodarlarim qo'llab-quvvatlab turishdi. Menimcha, ilk o'yinim yomon bo'lmagan".

Etiborli jihati, Nematjonovning bekobodliklar safidagi ilk goli ham aynan olmaliqliklarga qarshi o'yinga to'g'ri kelgan. Ibrohim Ibragimov uchrashuvda hisobni ochgan bo'lsa, SHahzod 62-daqiqada to'p kiritib, jamoasining ishonchli g'alabasiga hissa qo'shadi.

"Bu golni juda uzoq kutgandim. Murabbiy ham menga ishonch bildirgan. Birinchi bo'limdan so'ng o'zi yonimga kelib, "Gol urishing kerak, senga ishonaman, degandilar. Bu ham menga menga qo'shimcha motivaciya taqdim etgan. Alloh bergan ekan, shunday unutilmas voqea sababchisi bo'ldim".

Uning o'yinlari yoshlar terma jamoasi murabbiylari shtabining ham etiborini tortadi va futbolchi chaqiruv oladi.

"Metallurg" o'rinbosarlari safida o'ynab yurganimda, jamoa ustozi Bahrom  Umarov qo'ng'iroq qilgan. "Senga terma jamoadan chaqiruv keldi", deganlarida, qanday his-tuyg'ular boshimdan o'tganini tariflay olmayman. Vatan uchun o'ynash boshqacha bo'ladi. "Hozir qish payti. Mavsum tugagan. Yig'inga qo'shilishga tayyormisan", deb so'ragan. "Ha, tayyorman", deya dadil javob berganman. Keyin o'zlari bir hafta davomida yig'inga tayyorlagan va terma jamoa ixtiyoriga yuborgan".

Terma jamoaga kirishib ketish SHahzod uchun oson bo'lmaydi. Mamlakatimiz yashil maydonlarida o'tkazilgan Osiyo kubogida hujumchi, asosan, zaxira o'rindig'ida qoldiriladi. 

"O'sha paytlar men uchun juda og'ir o'tgan. Ayniqsa, psixologik bosim juda yuqori bo'lgan. Men o'ynamayapman, o'rtoqlarim esa maydonda. Bir tarafdan g'alaba qozonayotganimizga xursand bo'lyapman, boshqa tarafdan 36 million xalq kuzatib turgan musobaqada maydonda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganim uchun siqilganman. Lekin Alloh taolo shuni xohlaganini tushunib, sabr qilish kerakligini anglaganman. Mana, natijasi yomon bo'lmadi. 

U kunlar juda esda qolarli bo'lgan. Buni gapirib berolmayman. Biroq jamoadoshlarimga nisbatan g'ayirlik qilmaganman. Aksincha, ularga havas ko'zi bilan qarab, qo'llab-quvvatlaganman. Yutuq barchamizniki. Istalgan zaxira futbolchisining ichida salbiy his-tuyg'ular o'tishi tabiiy. Bu jarayon ortda qoldi".

Garchand SHahzod ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa-da, jamoadoshlari bilan birgalikda qita turnirida zafar quchishga muvaffaq bo'ldi. Final uchrashuviga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashrif buyurib, g'oliblarni shaxsan o'zi taqdirladi. 

"CHempion bo'lgach, juda-juda xursand bo'lganman. Yurtboshimiz bilan ko'rishish quvonchi ham undan kam bo'lmagan. CHunki bu barchaga ham nasib etavermaydi. Allohga behisob shukr deyman". 

Osiyo kubogi g'olibi bo'lish bilan bir qatorda Ravshan Haydarov shogirdlari yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Biroq turnir reglamentiga ko'ra, kichik mundial uchun qaydnomaga qita musobaqasi singari 23 nafar emas, balki 21 futbolchi kiritilishi lozim edi.

"Yakuniy tarkibdan tushib ketish qo'rquvi bo'lmagan. Bu haqda o'ylamaganman. Nima bo'lsa, Allohdan deganman".

Nihoyat, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi may–iyun oylarida Maradona, Messi singari afsonalarni kashf etgan Argentina yashil maydonlarida o'tkaziladigan jahon chempionatidagi ishtirokini aynan mezbonlarga qarshi boshladi.

"Bolalikda jahon chempionatida shunday kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushishni orzu qilardim. SHu kunlarga etib keldik".

SHahzod 1-turda Argentinaga qarshi o'yinda maydonga tushirilmadi. 2-turdan o'rin olgan Yangi Zelandiya bilan uchrashuvda esa 83-daqiqada Diyor Ortiqboevni almashtirdi. Nihoyat, uning yulduzlik onlari keldi. Guruh bosqichidagi g'alaba qozonilishi shart bo'lgan so'nggi o'yinda Ravshan Haydarov tavakkalga qo'l urib, masuliyatli vazifalardan birini Nematjonovga topshirdi, yani u gol urishi kerak edi.

"Asosiy tarkibda maydonga tushirilishimni uchrashuv start olishiga uch soat qolganda, murabbiy xonasiga chaqirgach, bilib oldim".

Ravshan Haydarov o'yindan avval kiyinish xonasida "O'yin qay darajada ekanligini his qilib turibsizlar. Men sizlarga ishonaman. O'zlaring bilganday o'ynanglar. Futbol o'ynashni bilasizlar. Hayajonlanmasdan, bor kuchlaringni beringlar", deya yigitlarga shijoat taqdim etdi.

Qahramonimiz 9 va 20-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga muhim g'alaba taqdim etdi. Ushbu g'alabadan so'ng O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda ikkinchi o'rin bilan nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

"Raqib darvozasiga to'p kiritgach, birinchi bo'lib rahmatli Nematjon bobom xayolimga keldi. Bobom mening futbolchi bo'lib, jahon chempionatida o'ynashimni rosa xohlagandi..."

SHahzod Nematjonovning gollari omad evaziga urildimi?

"Omadni Allohni taqdim etadi. Men Allohga ishonaman. Ushbu o'yinda Alloh tomonidan omad inom etildi".

"O'yindan keyin barcha sheriklarim qutlashdi. Ravshan aka bag'riga bosib tabrikladi. 

Onam juda xursand bo'ldi, Telefonda yig'lab suhbatlashdi. Dadam ham xursand bo'lgan, lekin buni menga bildirmadi. Odatdagidek gaplashib, "Havolanib ketmasdan, intilishda davom et", deya o'git berdi".

Keyingi o'yinda ham ishqibozlarimiz 9-raqamli hujumchidan gol kutishi tabiiy.

 

"Keyingi o'yinda ham gol urishga harakat qilaman, lekin bunga vada berolmayman. Harakat qilish bizdan, natijasi esa Allohdan. Alloh taolo yana inom etsa, raqib darvozasini ishg'ol qila olaman".

SHahzod Nematjonov "Real Madrid" yoki "Barselona" klublarida o'ynashni orzu qilishini, shuningdek, potencial muxlislik qiladigan futbolchisi yo'q. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining o'yinlarini yoqtirishini takidlab o'tdi.

Eslatib o'tamiz, 1/8 finalda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Isroilga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 31 may kuni soat 02:00 da boshlanadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика