So’nggi yangiliklar

08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  0 08:08Бугун финал!  3 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  6 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  8 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  23 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  8 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  18 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  28

Superliga. "Mashal" va "Qizilqum" jangovar durang qayd etdi Yangiliklar

Superliga. "Mashal" va "Qizilqum" jangovar durang qayd etdi

Superliga 9-tur doirasidagi "Mashal" – "Qizilqum" o'yini yakunlandi.

"Mashal" – "Qizilqum" 2:2

Bosh hakam: Xushnud Suyunboev

Yordamchi hakamlar: Avaz Abdullaev, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Anvar Ismoilov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: 1:0 – 21, Humoyun Murtozaev (Sardor Abduraimov), 1:1 – 54, Alen Mashovich (Dushan Miyich), 1:2 – 67, Alen Mashovich (Dushan Miyich), 2:2 – 71, Humoyun Murtozaev (Ibrohim No'monov)

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov (9.Ibrohim G'anixonov, 76), 8.Sardor Abduraimov (37.Sherzod Fayfiev, 86), 10.Humoyun Murtozaev (s), 15.Muhammadali Aliqulov, 19.Islom Sharipov (18.Dilshod Rahmatullaev, 76), 22.Nurjahon Muzaffarov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 28.Ergash Ismoilov, 96.Ibrohim No'monov (17.Anvar Murodov, 90+2)

Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Mudasiru Salifu, 27.Zafarbek Akramov, 30.Shoxnazar Norbekov, 34.Shaxboz Jo'raev

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhomjon Vahobov, 5.Dilshod Komilov, 8.Shaxzodbek Rahmatullaev, 11.Jambuli Jigauri (s), 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhodbek Bekmurodov (7.Davron Anvarov, 64), 70.Alen Mashovich (79.Diyor Rahmatilloev, 82), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (10.Roman Papariga, 82), 88.Dushan Miyich, 99.Elguja Lobjanidze

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 9.Humoyun Abdualimov, 23.Samandar Shukurillaev, 33.Sulton Rahmonov

Ogohlantirish: Dilshod Komilov (29)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+2. "Mashal" tarkibida o'zgarish bo'ldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. Rahmatullaevga nisbatan raqib jarima maydonida fol ishlatilgandek tuyuldi, hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi.

82. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

80. Lobjanidze raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishni maqul ko'rdi.

79. Quvvatov No'monov tomonidan yo'llangan zarbani qaytardi.

76. "Mashal" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

71. GOL! Mashovichning dubliga Murtozaev dubl bilan javob qaytardi!

67. GOL! Yana Miyichdan pas, yana Mashovichdan gol! 1:2!

64. "Qizilqum" tarkibida o'zgarish bo'ldi.

63. Mamatxo'jaev yo'llagan zarba darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

60. Lobjanedze ofsaydda qolib ketdi.

54. GOL! Mashovich "Mashal" jarima maydonidagi palapartishlikdan foydalanib, Miyichning uzatmasigini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi!

47. "Qizilqum" hujumi Komilovning zarbasi bilan yakunlandi. Hamroev to'pni egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

39. Jumanqo'ziev zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

36. Xavfli vaziyat! Lobjanidze raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.

32. Muzaffarovning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

30. Zarba! Sharipovning jarimadan yo'llagan zarbasini Quvvatov qiyinchilik bilan qaytardi.

29. Komilov to'pni qo'l bilan to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

27. Xavfli vaziyat! Mashovich chap qanotdan oldinga borib, jarima maydoniga pas berdi, mezbonlar himoyachisi va darvozaboni ishonchli harakat qildi.

24. Mezbonlar tomonidan boshlangan hujum yana Quvvatovga to'p kelishi bilan uzilib qoldi.

21. GOL! Murtozaev "Qizilqum" posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va chap oyoqda raqib darvozasini aniq nishonga oldi!

19. "Qizilqum" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

17. Vahobovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

16. Mezbonlar hujumi to'pning Quvvatovning qo'liga tushishi bilan yakunlandi.

9. Jigaurining raqib jarima maydoniga uzatmasi noaniq ko'rinish oldi.

6. Baratov to'p uchun kurashda jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

4. Zarba! Baratovning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasini Komilov oyog'i bilan qaytardi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Mashal" ko'k, "Qizilqum" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика