So’nggi yangiliklar

15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  1 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  15 13:27Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр  6 13:00"Қўқон-1912" икки асосий футболчиси билан шартномани узайтирди  1 12:40Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда  25 12:24Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди  2 12:02TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги 1/2 финали, Испанияда кубок баҳслари ва бошқалар  1 11:52Алекс Фергюсон 2013 йилда: "Футболчиларга кийиниш хонасида ҳукмронлик қилиш имконини бериш хавфли"  8 11:36"Манчестер Сити" юлдузи АПЛда бир неча кўрсаткичлар бўйича етакчилик қилмоқда  1 10:48Алонсонинг тақдири қайси ўйинга боғлиқлиги маълум қилинди  6 10:21Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 09:55"Бухоро" футболчиси фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 09:30"Брентфорд" бош мураббийи: "Ҳусанов қизил олиши керак эди"  7

Asror Aliqulov: "Raqiblardan cho'chiyotganimiz yo'q" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Raqiblardan cho'chiyotganimiz yo'q"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qizilqum" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Uchrashuvni yaxshi boshladik. "Qizilqum" jamoasini o'rganib chiqqandik, tarkibida bo'ydor futbolchilar ko'p. Ular va bizdagi hujum imkoniyatlarini chamalab chiqdik. Aytib o'tganimdek, o'yinni yaxshi boshladik, birinchi bo'lib gol urdik. Ikkinchi bo'lim boshida sustkashliklarga yo'l qo'ydik. Himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Oxirigacha kurashdik va gol urdik. Durang ham nazarimda yomon natija emas.


- "Qizilqum"da ishlagansiz, bilamiz. Shundan kelib chiqsa, bu jamoani o'rganish sizga qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Bu haqida o'ylamadim. "Qizilqum"ning tarkibi juda kuchli. Men ko'rgan tarkib deyarli o'zgarib ketgan. Raqib yakka kurashlarda ko'proq ustunlikka ega bo'ldi.

- Murtozaev va Mashovich 2 tadan gol urishdi. Qaysi futbolchini kuchliroq deb hisoblaysiz?

- Mening futbolchim kuchli (kuladi). Baquvvat, maydonda agressiv harakat qiladi. Oxirgi o'yinlarda yanada yaxshi o'ynayapti.

- Jamoa tomonidan 9 ta o'yinda 6 ta gol kiritildi. Bu kam emasmi?

- Ko'p gol ham o'tkazib yubordik. Keyin kam gol urayapmiz. Hozir kiyinish xonasida ham aytdim, zich o'ynash hozirgi Superligada talab etilmoqda.

- "Mashal" Pro-ligadan chiqib, Superliga talabiga to'liq kirishib ketdi deb ayta olasizmi?




- Yomon o'yinlarimiz bo'ldi. Raqiblardan cho'chiyotganimiz yo'q. Ozroq ishonch etishmayapti. Ayrim futbolchilar ushbu mavsum Superligada debyut qilishayapti.

- Futbolchilarning jismoniy holati hisob-kitob qilib boriladi. "Mashal" futbolchilari bitta o'yinda qancha yugurishayapti?

- Albatta, buni doimiy nazoratga olganmiz. Eng ko'p yugurgan futbolchining natijasi 12 kilometr bo'ldi. Lekin bunaqa futbolchi bizda kam. Ayrim futbolchilarning yoshinm ham hisobga olish kerak. Eng ko'p yugurgan futbolchimiz Javohir Abdualimov bugun oilaviy sabablar tufayli qaydnomaga kiritilmadi.

- "Mashal"ning mezbonlik uchrashuvlari G'uzorda o'tayapti. Keyingi o'yinlarda ham shunday bo'ladimi?

- Buni klub rahbariyati hal qiladi. Olmaliqda o'ynagandan ko'ra G'uzorda o'ynash bizga qulayroq. Bu haqida hozir aniq ayta olmayman. Klubimiz rahbariyati va "Sho'rtan" klubiga ushbu maydonda o'yin o'tkazish imkoniyatini yaratib berganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика