"Manchester Siti" "Yuventus" futbolchisi bilan muzokara o'tkazmoqda
11 may 2025 21:41
Yangiliklar
"Manchester Siti" "Yuventus" futbolchisi bilan muzokara o'tkazmoqda
"Yuventus" sharafini himoya qilayotgan Nikola Savona "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
"Shaharliklar" qishda Andrea Kambyazoni sotib olish uchun sarmoya kiritishni rejalashtirgan edi, ammo yakunda transfer amalga oshmadi.
Savona ingliz klubi tomonidan muqobil variant sifatida ko'rib chiqildi. Hozircha tomonlar og'zaki kelishuvga erishgan, kelgusida bitim rasmiylashtirilishi kerak.
Himoyaning o'ng qanotida harakat qilayotgan 22 yoshli Nikolo Savona joriy mavsum 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining narxi 14 million evroga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar