So’nggi yangiliklar

17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  3 16:57"Қайрат" - "Реал" учрашуви сайтимиз фотографи нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ)  1 14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  5 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  2 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  12 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  14 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  9 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  13 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  39 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  13

LaLiga. "Barselona" mavsumdagi to'rtinchi Klasikoda ham g'alaba qozondi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" mavsumdagi to'rtinchi Klasikoda ham g'alaba qozondi

LaLiganing 35-turi doirasidagi "Barselona" - "Real" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Barselona" - "Real" 4:3

11 may | 19:15

Gollar: Erik Garsiya (19), Yamal (32), Rafinya (34, 45) - Mbappe (5-pen, 14, 70).

"Barselona" - Shensni, Kubarsi (Kristensen, 57), Martines, Torres (Gavi, 89), Pedri, Rafinya, Yamal, Olmo (Fermin, 77), de Yong, Erik Garsiya, Martin (Alexandro Balde, 57).

"Real" - Kurtua, Vaskes, Tchuameni, Asensio, Fran Garsiya, Sebalos (Modrich, 46), Valverde, Bellingem, Arda Gyuler (Dias, 46), Mbappe, Vinisius Junior (Munos, 88).

Ogohlantirish: Valverde (29), Tchuameni (36), Arauxo (44), Asensio (50), Martines (55), Fermin (80), Pedri (87).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Gollarga boy o'tgan o'yinda "Barselona" g'alaba qozondi. Zo'r bahs uchun ikkala jamoaga rahmat aytamiz. Flik ilk mavsumidayoq barcha to'rt klasikoda g'alaba qozondi.

90+8. ZARBAAAAAAAA!! RAFINYA!!! Hisobni 5:3 ko'rinishiga keltirishi mumkin bo'lgandi. Zarba darvoza tepasidan o'tib ketdi.

Gol inobatga olinmadi. 4:3ga qaytdik.

VAR ishga tushdi. Gol inobatga olinmasligi mumkin.

90+6. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!! FERMIIIINNNNNN!!! "Real" himoyasini osonlik bilan ortda qoldirdi va hisobdagi farqni oshirdi. Chiroyli gol!

90+2. GOOLL!! YO'O'O'QQQQ!!! Mbappe chiroyli gol urgandi. Gol hisoblanmadi.

90+1. ZARBAAAAAAAAA!! Mbappe hisobni tenglashtirishi mumkin bo'lgandi! Shensni to'pni qaytardi!

O'yinga 6 daqiqa qo'shildi.

89. MUNOOOOSSSSSSSSSS!! Hisobni tenglashtirishi mumkin bo'lgandi. Juda zo'r vaziyat yo'qqa chiqdi. Uning o'rnida boshqa tajribaliroq futbolchi bo'lganida balki gol ko'rgan bo'lardik.

88. Vinisius o'yindan olindi. Uning o'rniga debyutant Munos maydonga tushdi. Dahshat! "El Klasiko"da debyut!

88. Rafinyaning zarbasi noaniq ketdi.

86. Vinisius zarbagacha bo'lgan barcha ishni to'g'ri qildi. Faqatgina zarba berishni eplay olmadi. To'pni Shensni osonlik bilan egallab oldi.

85. Rafinyaning qanotdan uzatmasini uzun qo'lli Kurtua qaytarib yubordi.

83. Yo'q, penalti berilmadi. Bosh hakam penalti qo'ymaslikka qaror qildi va u haq.

VAR ishga tushdi.

79. XAVFLI VAZIYAT!!! "Barselona" futbolchilari penalti so'rashmoqda. Yamalning zarbasidan keyin Kurtua to'pni qaytardi. Ferranning zarbasini Tchuameni qo'li bilan qaytargandek. Lekin bu vaziyatda penalti berilishi qiyin.

75. DIAAASSSSS!! Vaskesning pasidan keyin Braim qulay nuqtadan zarba berishi mumkin edi. De Yong zarbaga yo'l qo'ymadi.

75. RAFINYAYAYAYAYAYA!! Yamalning uzatmasidan keyin Rafinya bo'sh qolgan darvozaga gol ura olmadi!

73. ZARBAAAAAAA!! Kurtua jamoasini yaqqol goldan qutqardi!

70. GOOOOOOOOOLLLLL!! XET-TRIK!!! MBAPPPPEEEEEEEE!!! Martinesning qo'pol xatosi qimmatga tushdi!

68. Sharhlovchilardan shedevr:
- "Real"ga o'zgarishlar kerak
- Murabbiyning o'zgarishimi?

67. O'yin tempi pasayib ketdi.

61. XAVFLI VAZIYAT! Mbappe va Vinisius Kristensenga qarshi qolib ketdi. Vinisiusning Mbappega pasini himoyachi o'tkazmadi. Andreasdan o'tganida hisob qisqarardi.

58. Yamalning o'z uslubidagi zarbasi biroz noaniq ketdi.

56. ZARBAAAAAAAAA!! Mbappe Kubarsini osonlik bilan aldab, darvoza tomon zarba yo'lladi. Kilianning zarbasi noaniq ketdi.

55. Inigo Martines raqibi Bellingemga qarshi qo'pollik ishlatdi. U sariq kartochka ishlab oldi. "Real" futbolchilari qizil kartochka talab qilishdi.

52. GOL! YO'Q! Yamal gol urgandi, golni yaratib bergan Rafinya ofsaydda qolib ketgan ekan.

50. Asensio ogohlantirildi. "Barselona"da standart.

49. ZARBAAAAAAAAA!! Yamalning kuchli zarbasi darvozaning tepasidan o'tib ketdi.

47. "Real" hujumga o'tganida yana qanot hakamining bayrog'i ko'tarildi. Ofsayd Diasda.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

Tanaffus!

45+8. Mbappe gol urgandi. Ofsayd sababli gol inobatga olinmadi.

"Real" qishki transferlar oynasi vaqtida himoyachi olishi kerak bo'lgandi. Tchuameni himoyani umuman eplay olmayapti.

45+3. Rafinya jarohat oldi. U tibbiy yordam olmoqda.

"Barselona" o'tirganida kichkina ko'ringanmi deyman)

Birinchi bo'limning o'ziga 6 daqiqa qo'shildi.

45. GOOOOOOOOOOOLLLLL!! Vaskesning qo'pol xatosidan keyin Ferran to'pni olib qo'ydi va Rafinyaga oshirdi. Rafinya osonlik bilan gol urdi. "Real" himoyasi proval holatda!

44. Yo'q, penalti tepilmaydi. Ofsayd bor ekan. Ofsayd bo'lmaganida Mbappe simulyaciya uchun sariq olardi.

43. PENALTI! Yana penalti! Yana "Real" foydasiga, yana Mbappe yiqitildi. Biroq bu erda himoyachi Mbappega tegmagandi. Kutamiz.

42. UXXXXXXXXXXXX!!! Laminning trivela pasidan keyin Rafinya boshi bilan zarba berdi. Juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi u.

40. UXXXXXXX!! Martinning darvoza tomon uzatmasi himoyachidan o'tganida "Barselona" farqni oshirishi ham mumkin edi.

39. "Real" hujumga o'tgandi, Mbappe ofsaydda qolgani uchun o'yin to'xtatildi. 

37. Tchuameni ogohlantirildi. Bu erda "Barselona" futbolchilari so'nggi umid foli bo'lganini va qizil kartochkani talab qilishmoqda.

34. RAFINYAYAYAYAYAYA!!!! GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! 2x REMONTADAAAAAA!! "Barselona" ikkinchi bo'limni kutgani yo'q.

32. GOOOOOOOOOOOOLLLL!! YAMALLLLLL!!! Yomon gol urdi o'ziyam! O'z uslubida Kurtuani jazoladi! Remontada birinchi bo'limning o'zida amalga oshdi!

29. Yamalni qo'pollik bilan yiqitgan Valverde ogohlantirildi. Asensio esa bundan norozi. Huddi Yamalga hech kim tegmagandek)

27. "Barselona" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni Asensio maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 8-burchak zarbasidan "Barselona" xavfli vaziyat yarata olmadi.

26. Arda Gyulerning Mbappega uzatmasi anchagina kuchlilik qildi.

24. "Barselona" ettinchi burchak zarbasini amalga oshirdi. Yamalning zarbasidan keyin Kurtua to'pni ushlab oldi.

23. UXXXXXXXXXXX!!! "Barselona" hujumga o'tdi. Jamoa futbolchilari penalti so'rashdi, biroq hakam penalti belgilamadi.

Birinchi taymning o'zida remontada bo'larmikin?)

19. GOOOOOOOOLLLLL!!! ERIK GARSIYA!! Hisob tezda qisqardi!

18. ZARBAAAAAA!! Yamaldan super zarba, Kurtuadan seyv!

14. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!! MBAPPEEEEEEEE!!! DUBL!


14. "Real" xavfli hujum uyushtirdi. Mbappe zarba berish nuqtasida zarba bera olmadi. To'p "Barselona" futbolchilariga o'tganida Vini qoida buzdi.

11. Ferran raqibi jarima maydonchasiga kirishga harakat qildi. Asensio esa bunga yo'l qo'ymadi. Burchak zarbasidan "Barsa" samara chiqara olmadi. 

8. ZARBAAAAAAA! Erik Garsiya o'ng qanotdan o'tkir burchakdan zarba yo'lladi. Kurtua to'pni qaytardi.

5. GOOOOOOOOOLLLL!! Mbappe o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalandi!

YO'Q, PENALTI BEKOR QILINMADI!

Bu vaziyatda penalti berkor qilinadi. Ofsayd bor ekan.

3. PENALTIIIIIIIII!!!! Shensni tomonidan Kilian Mbappe yiqitildi.

2. Dastlabki daqiqalar "Real" jarima maydonchasi yonida o'tdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика