So’nggi yangiliklar

21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  1 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  1 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  5 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2

U-19 Osiyo chempionatiga saralash. Bugun hal qiluvchi bahslar bo'lib o'tadi Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionatiga saralash. Bugun hal qiluvchi bahslar bo'lib o'tadi

Kelasi yil tarixda birinchi marta O'zbekistonda U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

6 noyabr kuni qitamizning bir qator davlatlarida ushbu musobaqa uchun saralash o'yinlariga start berildi. Xabaringiz bor, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralashdagi dastlabki ikki o'yinda zafar quchdi. Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari Hindiston bilan Afg'onistonni bir xil 2:0 hisobida mag'lub etishdi. 

Bugun esa guruhdagi oxirgi o'yin Saudiya Arabistoniga qarshi kechadi. Ayni paytda har ikki jamoa 6 ochkodan to'plagan, biroq saudiyaliklar to'plar nisbatiga ko'ra guruhda birinchi o'rinni egallab turishibdi. O'ylaymizki, yoshlarimiz Saudiya Arabistonini ham mag'lub eta olishadi. 


"A" guruhi - Ummon (mezbon), Iroq, Falastin, Quvayt, Pokiston. 

Saralash Iroqda bo'lib o'tishi kerak edi, biroq mamlakatda yuzaga kelgan notinch vaziyat tufayli o'yinlar Ummonga ko'chirildi. "A" guruhida saralash bahslari 22-30 noyabr oralig'ida o'tkaziladi. 


"B" guruhi - Qatar (mezbon), Yaman, Turkmaniston, SHri Lanka. 

Qatar ketma-ket ikkita uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi. SHuningdek, Yaman hisobida ham ikkita g'alaba bor. Bugungi o'zaro o'yin guruh peshqadamini aniqlab beradi. 

1-tur. Yaman - Turkmaniston 2:1, Qatar - SHri Lanka 5:1

2-tur. SHri Lanka - Yaman 0:3, Turkmaniston - Qatar 1:4

3-tur. Turkmaniston - SHri Lanka, Qatar - Yaman (10 noyabr)

  

 

"C" guruhi - Tojikiston (mezbon), Livan, Suriya, Maldiv. 

Guruh bahslari oktyabrda o'tkazilgan va Tojikiston yoshlar terma jamoasi birinchi o'rinni egallab U-19 Osiyo chempionatining ilk ishtirokchisiga aylangan.

 

  

"D" guruhi - Eron (mezbon), BAA, Qirg'iziston, Nepal. 

Qirg'iziston yoshlar termasiga qoyil. Birinchi o'yinda yutqazgan jamoa 2-turda BAAni mag'lub etdi. Natijada yosh qo'shnilarimiz ham Osiyo chempionatiga chiqish imkoniga ega bo'lishdi. 

1-tur. BAA - Nepal 4:0, Eron - Qirg'iziston 3:0

2-tur. Qirg'iziston - BAA 2:0, Nepal - Eron 0:4 

3-tur. Qirg'iziston - Nepal, BAA - Eron (10 noyabr)

 

 

"E" guruhi - Bahrayn (mezbon), Iordaniya, Bangladesh, Butan. 

Ikkita o'yinni g'alaba bilan yakunlagan Bahrayn bugun ikkinchi o'rinda kelayotgan Iordaniya bilan bellashadi. SHuninsi aniqki, Osiyo chempionati yo'llanmasi baribir shu ikki jamoadan biriga nasib etadi. 

1-tur. Iordaniya - Butan 3:0, Bahrayn - Bangladesh 3:0

2-tur. Bangladesh - Iordaniya 1:1, Butan - Bahrayn 0:4

3-tur. Bangladesh - Butan, Iordaniya - Bahrayn (10 noyabr)

  


"F" guruhi - Saudiya Arabistoni (mezbon), O'zbekiston, Hindiston, Afg'oniston. 

Bugun O'zbekiston U-19 terma jamoasi uchun muhim kun. Garchi saralash bosqichida konkursdan tashqari ishtirok etayotgan bo'lsak-da, Saudiya Arabistoni bilan kechadigan bahs haqiqiy kuchimizni ko'rsatib bersa ajab emas. 

1-tur. O'zbekiston - Hindiston 2:0, Saudiya Arabistoni - Afg'oniston 1:0 

2-tur. Afg'oniston - O'zbekiston 0:2, Hindiston - Saudiya Arabistoni 0:4

3-tur. Hindiston - Afg'oniston, Saudiya Arabistoni - O'zbekiston (10 noyabr)

 

"G" guruhi - Kambodja (mezbon), Tailand, Malayziya, Bruney, SHimoliy Mariana orollari. 

SHimoliy Mariana degan jamoa 4ta o'yinda 44ta gol o'tkazdi. OFK bunday jamoalarni saralashga nima uchun qo'ygan, hayronmiz. Guruhda birinchi o'rinni egallash uchun uchta jamoa kurashyapti. 

3-tur. Tailand - SHimoliy Mariana 21:0, Malayziya - Bruney 11:0

4-tur. Malayziya - SHimoliy Mariana 10:0, Kambodja - Tailand 2:1

5-tur. Tailand - Malayziya, Bruney - Kambodja (10 noyabr)


  

"H" guruhi - Xitoy Taypeyi (mezbon), Avstraliya, Makau, Laos. 

Avstraliya bilan Laos hisobida bir xil 4 ochkodan bor. Bugun bo'lib o'tadigan Xitoy Taypeyiga qarshi bahs Avstraliya uchun masala qanday yakun topishini ko'rsatib beradi. 

1-tur. Avstraliya - Laos 2:2, Xitoy Taypeyi - Makau 8:0

2-tur. Makau - Avstraliya 0:6, Laos - Xitoy Taypeyi 2:1 

3-tur. Makau - Laos, Avstraliya - Xitoy Taypeyi (10 noyabr)


"I" guruhi - Myanma (mezbon), Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur. 

Kutilganidek, Janubiy Koreya va Xitoy dastlabki ikki uchrashuvda g'alaba qozondi. O'zaro o'yinda esa qaysi jamoaning to'g'ridan-to'g'ri Osiyo chempionatiga kelishi oydinlashadi. 

1-tur. Xitoy - Myanma 2:0, Janubiy Koreya - Singapur 11:0

2-tur. Singapur - Xitoy 0:2, Myanma - Janubiy Koreya 0:3

3-tur. Janubiy Koreya - Xitoy, Myanma - Singapur (10 noyabr)

  


"J" guruhi - Vetnam (mezbon), Yaponiya, Mo'g'uliston, Guam. 

Yaponiya dastlabki ikki o'yinda 19ta gol urdi. Lekin hali guruh peshqadamligini hal etgani yo'q. Buning uchun yaponlar bugun Vetnamni mag'lub etishlari kerak bo'ladi. 

1-tur. Yaponiya - Guam 10:0, Vetnam - Mo'g'uliston 3:0

2-tur. Mo'g'uliston - Yaponiya 0:9, Guam - Vetnam 1:4

3-tur. Mo'g'uliston - Guam, Yaponiya - Vetnam

 


"K" guruhi - Indoneziya (mezbon), KXDR, Gonkong, SHarqiy Timor. 

KXDR yoshlar termasi ikkinchi o'yinda zafar quchib 4 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Indoneziya esa 6 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Bugungi o'zaro bellashuv chipta kimga nasib etishini aniqlab beradi. 

1-tur. KXDR - Gonkong 1:1, Indoneziya - SHarqiy Timor 3:1

2-tur. SHarqiy Timor - KXDR 1:4, Gonkong - Indoneziya 0:4

3-tur. Gonkong - SHarqiy Timor, Indoneziya - KXDR

  


P.S. Saralash bosqichi reglamentiga ko'ra, 11ta guruh g'olibi hamda 4ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari (jami 15ta jamoa) 2020 yil O'zbekistonda bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 

Saralashda konkursdan tashqari ishtirok etayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda ikkinchi o'rindagilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega beshinchi jamoaga qo'shimcha imtiyoz beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика