Tuxelning maqsadi - Lukakuni qo'lga kiritish
31 may 2021 07:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639994_original.jpg)
![](/upload/storage/639994_220.jpg)
Tuxelning maqsadi - Lukakuni qo'lga kiritish
CHLdagi g'alabadan so'ng "CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'z jamoasini "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku bilan kuchaytirishni orzu qilmoqda.
"Xo'jayinlar bilan ushbu rejani kelishish kerak. Barchasining imkoni bor. Vaziyat Tom Bredinikiga o'xshaydi. Undan sevimli g'alabasi haqida so'rashganida, u keyingi g'alaba deb javob beradi.
Oldinda Premer-liga, u erda dastlabki turlardan qo'shib borish kerak. Bizni CHempionlar Ligasi g'olibi sifatida o'zgacha qarshi olishadi, biz esa qo'shib borishimiz kerak.
Agar biz rostdan ham biror narsani qurmoqchi bo'lsak, men ishga kirishaman. Men ushbu savollarni muhokama qilishdan baxtliman", - deydi Tuxel.
28 yoshli Lukaku "Inter" safida joriy mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar