Tuxel nima uchun "Chelsi" Saulni ijaraga olgani haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
11 sen 2021, 08:49
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel nima uchun klub "Atletiko" futbolchisi Saulni o'z safiga qo'shib olganligi haqida gapirdi.

"Saul uzoq yillar davomida "Chelsi" kuzatuvida bo'lgan. Men ham boshqa klublarda ishlagan vaqtimda uni o'z jamoamda ko'rishni istardim, ammo buning imkoni bo'lmagan. Endilikda uni ijaraga olish imkoniyati paydo bo'ldi va biz bundan xursandmiz. 

O'ylaymanki, aynan u bizga kerakli o'yinchi. Bazida Jorjino yoki Kantega xotirjam bo'lish uchun imkoniyat yaratish kerak bo'ladi. Uning paslari juda yaxshi va mehnatkash. Shuningdek u oddiy bo'lmagan klubdan kelib qo'shildi. U jamoamizga mos keladi", - dedi Tuxel. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseafc.com