Saul: "Real"ning muxlislari yo'q. Stadionga borsangiz, hech narsani his qilmaysiz"

Administrator
16 dek 2025, 22:14
Futbolchi "Real"ning muxlislari haqida gapirdi.

"Atletiko Madrid"ning sobiq futbolchisi, hozirda "Flamengo" safida to'p surayotgan Saul Niges Braziliya klubining qo'llab-quvvatlanish darajasi haqidagi savolga javob berar ekan, uni "Real Madrid" muxlislari bilan taqqosladi.


"Flamengo" "Real Madrid"ga o'xshab ketadimi?


- Klub "Real Madrid"dan ham kattaroq. Aslida "Real"ning haqiqiy muxlislari yo'q. Ular g'alabalari tufayli mashhur, ha, butun dunyoga tanilgan, shuning uchun muxlislari bor. Ammo stadionga borsangiz, hech narsani his qilmaysiz. Boshqa tomondan, "Marakana"ga, afsonaviy stadionga borsangiz, u doimo to'la bo'ladi. Safarda ham stadion "Flamengo" muxlislari bilan liq to'la. Yaqinda "Sport resife"ga qarshi o'ynadik va bizni boshqa stadionga jo'natishdi,  aks holda muxlislarimiz o'yinga kira olmasdi. Axir parvoz uch yarim soat davom etadi. Limaga yetib borsangiz, muxlislarimiz stadionni yuz foiz to'ldiradi. Keyin esa "Palmeyras" stadioni to'lmay qolganini ko'rasiz... Shunda: "Mana bular chinakam ajoyib muxlislar," deb o'ylaysiz," - deya Saulning so'zlarini keltiradi AS nashri.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: AS