Saul "Atletiko" bilan shartnomani bekor qilib, turk klubiga o'tadi

Administrator
20 iyul 2025, 19:49
Yarim himoyachi Madrid jamoasi tizimida 17 yil bo'lgan.

Saul Niges "Atletiko"ni tark etmoqda. Yarim himoyachi Madrid klubi bilan shartnomasini bekor qilib, "Trabzonspor"ga o'tishi haqida insayder Fabricio Romano ma'lum qilmoqda. Turk klubi Saul bilan shartnoma imzolaganini kelasi hafta rasman e'lon qilishi kutilmoqda.

Jurnalist Yag'iz Sabuncho'g'lu aniqlik kiritishicha, ispaniyalikning "Trabzonspor" bilan shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan. Saul 2008 yildan beri "Atletiko" tizimida edi. Jamoa safida futbolchi 6 ta sovrin, jumladan, La Liga, ikkita Yevropa Ligasi kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan. Ispaniyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda "Sevilya"da ijara asosida to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano