Shahin kechagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

24 avg 2026, 10:40
Turkiya Superligasi 2-tur doirasidagi "Trabzonspor" - "Istanbul Bashakshexir" (2:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nuri Shahin bahs haqida fikr bildirdi.

Munosib mag'lubiyatga uchradik deb o'ylayman. O'yin davomida ma'lum vaqt o'zimizni ko'rsata oldik, lekin baribir mag'lubiyatga loyiq edik. "Trabzonspor" jamoasini tabriklayman va hafta ichidagi o'yinlarida omad tilayman. Bu yerda ilgari bundan ham yaxshiroq o'yinlar ko'rsatgan edik. Taktik rejamizdan tashqari, to'pni o'zimizda ko'proq ushlab tura oladigan va jasurroq jamoa bo'lishimiz kerak edi, ammo juda ko'p to'p yo'qotdik.

Hafta davomida Salahga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rgan edik. Uninig qanotdagi bosimiga va 10-raqam poziciyasida harakat qiladigan vaziyatlariga moslashishga harakat qildik. Raqib biz kutgandek o'ynadi, ammo biz o'zimiz istagandek o'yin ko'rsata olmadik. Natijaga erishishni istasangiz, Trabzonspor kabi sifatli va mahoratli jamoalarga qarshi ancha sabrli va mukammalroq o'yin ko'rsatish talab etiladi. O'yinga biroz kirishgandek bo'ldik, lekin gol ura olmaguningizcha baribir ijobiy natijaga erishib bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: hurriyet.com.tr