Tuxel: "Mbappe mening qarorlarimni qabul qilishi shart"
08 dek 2019 16:28
Yangiliklar


Tuxel: "Mbappe mening qarorlarimni qabul qilishi shart"
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'zgartirilganidan keyin Kilian Mbappening noroziligi haqida gapirdi.
"U hech qaerga ketmaydi. 3:1 hisobida oldinda borayotgandik va o'yin deyarli yakunlanib bo'lgandi. SHu boisdan uni o'zgartirishga qaror qildim. Kilian norozi bo'lsa-da, qarorlarimni qabul qilishi kerak.
SHupo-Motingni ham hurmat qilish kerak. U ham maydonga tushishga loyiq.
Kilian uchun o'yin oson o'tmadi. "Monpele" uch nafar markaziy himoyachilar bilan o'ynadi, bizda esa ikki nafar forvard bor edi. Uch kishiga qarshi ikki hujumchi juda qiynaldi", - dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar