Tuxel: "Mbappe mening qarorlarimni qabul qilishi shart"

Mirjalol Normatov
8 dek 2019, 16:28
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'zgartirilganidan keyin Kilian Mbappening noroziligi haqida gapirdi.

"U hech qaerga kyetmaydi. 3:1 hisobida oldinda borayotgandik va o'yin deyarli yakunlanib bo'lgandi. Shu boisdan uni o'zgartirishga qaror qildim. Kilian norozi bo'lsa-da, qarorlarimni qabul qilishi kerak.

Shupo-Motingni ham hurmat qilish kerak. U ham maydonga tushishga loyiq.

Kilian uchun o'yin oson o'tmadi. "Monpele" uch nafar markaziy himoyachilar bilan o'ynadi, bizda esa ikki nafar forvard bor edi. Uch kishiga qarshi ikki hujumchi juda qiynaldi", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express