So’nggi yangiliklar

21:47ЕЧЛ. "Барселона" – "Бенфика". Таркиблар аниқ!  3 21:26"Сурхон" Термизда таништирув маросими ўтказди  1 21:15АПЛнинг учта гранд жамоаси Рафиньяни сотиб олмоқчи  2 20:50Артета АПЛ ёки ЕЧЛдан қайси бирини ютишни кўпроқ хоҳлайди?  1 20:25"Манчестер Сити" Флориан Вирц билан музокараларни бошлади  3 19:59Ван Дейк - ПСЖ билан ўйин ҳақида: "Умид қиламанки, "Ливерпуль" Чемпионлар Лигаси чорак финалига чиқади"  1 19:31Клопп ўзининг энг катта трансфер хатосини айтди  1 19:08Гвардиола Родрига ўринбосар топди  1 18:44"Реал" Модрич ўрнига ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  9 18:20Дарвин Нуньес "Ливерпуль"дан хафа  9 17:58Погба дисквалификацияни ўтаб бўлди ва майдонга қайтиши мумкин  8 17:26Суперлига. 3-тур ўйинлари бошланиш вақтлари  1 17:01МЮ 2 млрд фунт эвазига 100 000 ўринли янги стадион қурилишини эълон қилди  10 16:37Муҳаммад Салоҳ "Барселона"га ўз хизматларини таклиф қилди  22 16:01Ўзбекистон U-23 термаси Хитойда, унинг захира жамоаси эса Туркиядаги халқаро ўйинлар ўтказади  9

"Turon" jiddiy o'zgarishlarga qo'l urmoqda Yangiliklar

"Turon" jiddiy o'zgarishlarga qo'l urmoqda

Teglar :  Turon
Yaypanning "Turon" klubi ayni kunlarda yangi mavsumga tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Hozirga kelib shartnomasi yakunlangani bois bir qator futbolchilar jamoani tark etdi. Jumladan, klub Fozil Musaev, Vladislav Kasminin, Abduqahhor Hojiakbarov, Akmal Ortiqov, Jahongir Mehmonov, Sunnatilla Ermatov, Sunnatilla Abdullajonov, Davron Umirov, G'iyos Komilov, Ixtiyor Toshpo'latov va legioner futbolchilar Sinisha Babich, Dayan Ponevichlar bilan xayrlashdi. SHuningdek, istedodli futbolchi Bilolxon Toshmirzaev ijara asosida "Qo'qon-1912" klubi safiga qo'shildi.

O'tgan mavsumlarda jamoa safida o'ynab kelgan Muzaffar Muzaffarov, Doniyor Ismoilov, Abdulazizxon Abdurashidov, Sardor Abduraimov, Asliddin Toshtemirov, Xumoyun Murtozaev, Asilbek Qayumov va Otabek Zokirovlar yangi mavsumni ham "Turon" tarkibida o'tkazadigan bo'ldi.

SHuningdek, 7 yanvar kunidan mashg'ulotlarga kirishgan jamoa safida bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda, ular orasida yosh legioner futbolchi ham bor.  

O'tgan mavsumni "Andijon" safida o'tkazgan iqtidorli himoyachi Abdug'ani Kamolov jamoa murabbiylar shtabida iliq taasurot qoldirgani tufayli ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, avvalgi mavsumni Samarqandning "Dinamo" klubida o'tkazgan himoyachi G'olibbek Sariboev hamda davralar oralig'ida ijara asosida samarqandliklar safiga qo'shilgan darvozabon Mirzohid Jalilovlar yana "Turon"ga qaytishdi.

O'z navbatida yoshlar jamoalari safida o'zlarini ko'rsatib kelayotgan bir qator futbolchilar ham asosiy tarkibga jalb etildi. Xususan, darvozabonlar Amal SHavketov, Otabek Ageev, yarim himoyachi Muhammadhayit Qo'ldashev, himoyachilar Saidafzalxon Ahrorov va Elnurbek Turg'unovlar ayni kunlarda asosiy tarkib bilan birgalikda mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

O'tgan mavsum o'zining yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikning etiborini qozona olgan koreyalik legioner futbolchi Kim Boyong ham yaqin kunlarda mashg'ulotlarga kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика