"Turon": Humoyun Murtozaev bilan shartnoma ikki yilga uzaytirildi
23 dek 2022 19:42
Yangiliklar


"Turon": Humoyun Murtozaev bilan shartnoma ikki yilga uzaytirildi
"Turon" jamoasi hujumchi bilan hamkorlikni davom ettiradi.
"Xabaringiz bor, mahoratli hujumchi Xumoyun Murtozaev ortda qolgan ikki mavsumdan buyon jamoamiz safidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar etiborini qozonib kelmoqda. Jumladan, u joriy mavsumning o'zida raqiblar darvozasiga 15 ta gol kiritdi va jamoamiz to'purariga aylandi.
O'zaro kelishuvga ko'ra, bugun Xumoyun Murtozaev va klubimiz o'rtasidagi shartnoma yana ikki yillik muddatga uzaytirildi.
Klubimizning barcha vakillari va muxlislari nomidan Xumoyun Murtozaevga jamoamizdagi navbatdagi faoliyatida ham ulkan zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz",- deb yozadi klub matbuot xizmati rasmiy telegram kanali.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar