So’nggi yangiliklar

03:50Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" учрашувида 8 та гол урилди  102 03:05АПЛ. "Челси" йирик ҳисобда "Саутгемптон"ни мағлубиятга учратди  2 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду фаолиятидаги 925-голини урди  3 00:15Сардор Рашидов "Навбаҳор"да қолади  3 00:00Ўзбекистон Суперлигасида қишки трансфер ойнаси ёпилди  0 23:57"Навбаҳор" беш нафар легионерни Суперлига учун рўйхатдан ўтказди. Улар кимлар?  1 23:36Трент ва "Реал Мадрид" 4 йиллик шартнома бўйича оғзаки келишувга эришишди  10 22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  54 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  4 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  6 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  4 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3

“Termamizni mundialga olib chiqish uchun erkaklar futbolida ham o'ynardim” - “So'g'diyona W” jamoasi hujumchisi Diyora Xabibullaeva bilan intervyu Yangiliklar

“Termamizni mundialga olib chiqish uchun erkaklar futbolida ham o'ynardim” - “So'g'diyona W” jamoasi hujumchisi Diyora Xabibullaeva bilan intervyu

Futbol haqida gapirganimizda ko'z oldimizga asosan, erkaklar futboli keladi.

Sir emaski, bu sport turining millionlar o'yini bo'lishiga ham aynan erkaklar futboli sabab: Pele, Maradona, Ronaldu, Messi… Va biz biladiganimiz, biroq kam eslaydiganimiz bolalar, ayollar futboli ham o'z muxlislariga ega. Ularning ham o'z muxlislari, mutaxassislari bor. O'zbekistonda ham ayollar futboli rivojlanib bormoqda. Biz “So'g'diyona W” jamoasining etakchilaridan biri Diyora Xabibullaeva bilan futbolga kirib kelishi, orzu va maqsadlari haqida suhbatlashdik. 

— Futbolga kirib kelishingiz haqida aytib bersangiz...

— Futbolga yoshligimdan qiziqqanman. Dastlab, o'g'il bolalar bilan maktabda, ko'chada to'p tepar edik. Futbolga bo'lgan qiziqishimni ko'rgan dadam buvim bilan maslahatlashib 2016 yilda “Metallurg W” jamoasiga olib borganlar. O'sha jamoaning ko'rigidan o'tib, SHerali Boboqulov qo'l ostida o'ynay boshlaganman. 

— Futbolchi bo'lganingiz sabab atrofdagilar turli gap-so'zlar qilishganmi? Bularga qanday munosabatdasiz?

— Atrofda yaxshi gaplar ham bo'ldi, yomon gaplar ham bo'ldi. Lekin, hozirgi kunda men erishgan yutuqlarimni ko'rib mahalladosh qizlar, singillarim menga havas qilishmoqda, ular ham futbolchi bo'lishni istashmoqda. 

— Futbolchilik faoliyatingizda “Bo'ldi, boshqa bu sport turi bilan shug'ullanmayman” deydigan darajada qiyinchilik bo'lganmi?

— Qiyinchiliklar hamma sport turida bo'ladi. O'zimdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, juda ham katta qiyinchilik bo'lmagan. Borgan vaqtimda yosh bo'lganman. Jamoada eng kichkinasi o'zim edim. Lekin “Bo'ldi, futbolni tashlayman” deydigan darajada qiyinchilik bo'lmagan. SHunday bo'lib, hozirgi darajamga etganman va bundan keyin ham to'xtab qolmay, shu yo'lda davom etaman. 

— Turmushga chiqsangiz, futbolni tashlab ketasizmi?

— Turmushga chiqqanimdan so'ng? Agar fikrimni turmush o'rtog'im ham maqullaydigan bo'lsa, futbol o'ynashda davom etardim. 

— “So'g'diyona W” jamoasida bir necha yillardan buyon to'purar bo'lyapsiz, yaxshi o'yinlar namoyish etyapsiz. Bu o'yiningizdan keyin boshqa jamoalardan ham takliflar bo'layotgan bo'lsa kerak?

— Juda ko'p jamoalardan takliflar bo'lgan, hozirgi kunda ham bor. Lekin, “So'g'diyona W”ning ichki muhiti, murabbiylar shtabi va o'zi umuman barcha narsa meni qoniqtirgani uchun ketish haqida o'ylab ko'rmadim.

— Jamoadan ketish haqida o'ylab ko'rdingizmi? Ko'proq nima sizni qolishga undaydi?

— Hali jamoadan ketish haqida o'ylab ko'rganim yo'q. Jamoamiz bilan birgalikda oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz. O'zbekiston chempionatida chempion bo'lish, O'zbekiston kubogi, Superkubogi sohibi bo'lishni istaymiz. Va aynan shu jamoa bilan birga OCHLda o'ynashni istayman. Barcha maqsadlarga erishib bo'lganimdan so'ng menga xorij klubidan taklif bo'lsa, o'sha taklifni o'ylab ko'rgan bo'lardim.

— O'zbekistonning ayollar futbolidagi grand jamoalaridan, deylik, “Sevinch”dan taklif tushsa, lekin maoshingizni hozirgi jamoangizdan ham kamroq beramiz deyishsa, qanday javob berardingiz?

— Menga “Sevinch” jamoasidan avval ham takliflar bo'lgan. “Sevinch”ni hurmat qilgan holda aytaman, o'zimning jamoamda barcha narsa meni qoniqtirgani uchun aytaman, yosh jamoa bo'lsak-da oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz yuqoriligi uchun o'z jamoamda to'p surishni xohlayman. 

— Qachondir o'zbek qizlari ham Evropa jamoalarida o'ynashiga ishonasizmi? Balki, bu siz bo'larsiz...

— Ha, men ishonaman, boshqa qizlar ham xorij klublarida o'ynashadi. Balki, men ham o'ynarman...

— Erkaklar futbolidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatlariga chiqolmayotganini ko'rib, imkon bo'lsa, o'zingiz shu jamoada maydonga tushishni istagan vaqtlar bo'lganmi?

— Albatta, o'ynagan bo'lar edim!

— O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham qachondir musobaqalarda qatnashadimi, nima deb o'ylaysiz?

— Nasib qilsa, qatnashadi. 

— Siz 3 yildan buyon yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo'lish uchun davogarlar ro'yxatiga kiryapsiz-u, lekin bu sovrin sizga nasib qilmayapti? Bu sizni ranjitadimi?

— Yo'q, sovrinni olmaganim uchun xafa bo'lmayman. Bundan keyin o'z ustimda yanada ko'proq ishlashga harakat qilaman. Nasib qilsa, albatta, sovrinni qo'lga kiritaman.

— Ayollar futbolidan kumiringiz kim?

— Braziliya terma jamoasi sardori Martaga o'xshab o'ynashni xohlardim. 

— A, erkaklar futbolidan-chi?

— Erkaklar futbolidan esa, albatta, Krishtianu Ronaldu.

— Agar oltin baliq tutib olsangiz, undan o'zbek futboli uchun qanday ishni amalga oshirishni so'ragan bo'lardingiz?

— Agar oltin baliq tutib olganimda, eng avvalo, o'zbek futboli yanada yuksalishini, terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqishini hamda keyingi tilagim ayollar futboliga erkaklar futboli kabi etibor bo'lishini so'rardim.

Og'abek Samisov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика