So’nggi yangiliklar

02:23Ўзбекистон U-18 Озарбайжон U-18ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:18ЖЧ. Нидерландия, Кипр, Хорватия йирик натижага эришди ва бошқа натижалар  0 02:10Ашурматов: "Уругвайда қандай таркиб бўлишини бизга қизиғи йўқ"  1 01:57Шомуродов: "Биринчи навбатда натижа учун ҳаракат қиламиз"  1 00:16Ўзбекистон U20 Қозоғистон U20ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  3 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0 22:13Зидан: "Мен қайтаман"  1 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  1 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  1 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  5 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3

Turkmaniston bosh murabbiyi: "O'zbekiston xatolarni kechirmaydi. O'yinga to'g'ri yondashilsa, bu jamoa Eronni mag'lub eta oladi" Yangiliklar

Turkmaniston bosh murabbiyi: "O'zbekiston xatolarni kechirmaydi. O'yinga to'g'ri yondashilsa, bu jamoa Eronni mag'lub eta oladi"

JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Turkmaniston (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mergen Orazov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Uchrashuv haqida fikringiz?

- Natija qoniqarsiz bo'ldi, uchrashuv davomida yaxshi o'ynashga urindik. Himoyadagi xatolar tufayli yutqazdik. Aytganimdek, O'zbekiston xatolarni kechirmaydi. Ishlashda davom etamiz, xatolarni kamaytirishga harakat qilamiz.

- Bugun terma jamoa safida bir klubdan 8 nafar futbolchini tushirdingiz. Bu klub terma jamoa bazaviy klubimi?

- Oldin aytganimdek, bu klub terma jamoaning bazaviy klubi hisoblanadi. Futbolchilar birgalikda o'ynashadi va barcha bir-birini yaxshi tushunishadi. 

- Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadinglar, balki xorijdan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy chaqirilar? 

- To'g'ri aytdingiz, jismoniy holatimiz bo'yicha muammo bor. Taklifingizni o'ylab ko'ramiz. Birinchi taymda yaxshi o'ynab, ikkinchi bo'limda charchoq paydo bo'lmoqda. Terma jamoa libosini kiyganda, nomuhim o'yin bo'lmaydi. Bazi futbolchilarga dam berishga qaror qildim, ularni keyingi o'yinga asradik. Terma jamoada jiddiy jarohat bo'lmadi. 

- O'zbekiston terma jamoasi siz kutgandek o'ynadimi? 

- O'zbekiston oxirgi paytda hayron qoldirmayapti, futbolchilarning klassi va texnik qobiliyatlari yuqori. Barchasi deyarli biz kutgandek bo'ldi, o'zimiz raqibga gol urish uchun ko'proq imkoniyat beryapmiz. Himoyada taktik ko'nikmalarni kuchaytirishga harakat qilamiz. 

- Eronga ham, O'zbekistonga ham qarshi bellashdingiz. Eronning kuchli tomonlari haqida nima deya olasiz? 

- Toshkentda bu jamoalar o'rtasidagi bahsda bejizga durang qayd etilmadi, unda bir-biriga teng jamoalar bellashgandi va natija adolatli bo'lgandi. O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman. O'yinga to'g'ri yondashilsa, O'zbekiston Eronni mag'lub eta oladi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика