So’nggi yangiliklar

17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

Turkiyalik darvozabon terma jamoa ixtiyoridan ketib qoldi. U asosiy tarkibga kiritilmaganidan xafa Yangiliklar

Turkiyalik darvozabon terma jamoa ixtiyoridan ketib qoldi. U asosiy tarkibga kiritilmaganidan xafa

"Lill"ning 25 yoshli azosi Berke O'zer iyun oyida debyut qilib, bor-yo'g'i 2 ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushganiga qaramay, uning ambiciyalari jiddiy.

Avvalroq murabbiy darvozabon kichik jarohati bois Bolgariyaga qarshi o'ynamasligi va tarkibda kuchliroq futbolchilar borligini malum qilgandi.

Berkening xatti-harakati hammani hayratda qoldirdi: u narsalarini yig'ishtirib, Franciyaga uchib ketgan. Turkiya futbol federaciyasi bu haqda quyidagilarni yozdi:

"Berke O'zer jamoani o'z ixtiyori bilan tark etdi. Tarkibdan chetda qolganini bahona qilib, ruxsatsiz. Bunday xatti-harakatlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Intizom, hurmat va jamoaviy ruh — biz hech qachon murosaga kelmaydigan principlar".

Futbolchining o'zi hammasini rad qilib, unga klubga qaytishga ruxsat berilganini takidladi:

"Men o'yin uchun tarkibni ko'rdim va tushundim: terma jamoada qaror qabul qiladigan odamlar g'alaba qozonishni xohlamaydi. Mening hafsalam pir bo'ldi.

Atmosferani buzishni istamadim, shuning uchun o'yin oldidan murabbiylar shtabiga o'z fikrlarimni bamaylixotir bildirdim. O'zimni noqulay his qilganim uchun yig'inni tark etishimga ruxsat berishdi. Agar o'ynamasam ekanman, klubning o'yinlariga tayyorlanishim kerak".

Reyting: +6   

Fikrlar

   
13 okt 20:07:18
She'rxona
Undan zo‘rlari bor termasida. Galatasaraydagi Ug‘urjan Chakir, MYuda Bayindar bor. O‘tgan yili it tanimas Ayupsporda yurardi. Atrofidagilar yaxshi ishlab, Fransiyaga sotishni epladi. To‘g‘risi, noinsof ekan.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика