Turkiya futbol federaciyasi binosiga qurolli hujum uyushtirildi
02 sen 2022 00:59
Yangiliklar
Turkiya futbol federaciyasi binosiga qurolli hujum uyushtirildi
Nomalum jinoyatchilar federaciya binosini o'qqa tutishdi.
SHtab-kvartirasi Istambul shahrida joylashgan Turkiya futbol federaciyasi nomalum shaxslar tomonidan o'qqa tutildi. Ushbu hodisa federaciya rahbariyati yig'ilish o'tkazayotgan payt sodir bo'lgan.
Majlis bo'layotgan binoga beshta o'q kirgan. O'qlardan biri Turkiya federaciyasi direktorlar kengashi azosi, sobiq yarim himoyachi Hamid Oltinto'pning boshining yonginasidan o'tib ketgan. Hozirda katta masshtabdagi surishtiruv ishlari boshlangan.
"O'q ovozlarini eshitishimiz bilan darxol erga yotdik. Hamkasblarim meni yaralandi deb o'ylashdi. Aybdorlar tezda qo'lga olinadi deb umid qilaman", -deydi Hamid Oltinto'p.
Fikrlar