"Tottenxem" "Roma" futbolchisiga qiziqmoqda
20 jan 2022 18:24
Yangiliklar
"Tottenxem" "Roma" futbolchisiga qiziqmoqda
"Tottenxem" "Roma" yarim himoyachisi Jordan Veretuni nishonga oldi.
Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu franciyalik yarim himoyachini "shporlar"ga qo'yib yuborishga qarshi emas.
Veretuning xizmatlariga shaxsan "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte, shuningdek klub sport direktori Fabio Paratichi qiziqmoqda. Portugaliyalik Veretuni qo'yib yuborish orqali yana bir yarim himoyachi xarid qilish imkonini olishiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Roma" "Portu"dan yarim himoyachi Serjiu Oliveyrani xarid qilgan edi.
Fikrlar