"Tottenxem" prezidenti Xabi Alonsoning tovon pulini to'lab, uni jamoaga olib kelishga tayyor
07 may 2023 19:57
Yangiliklar
"Tottenxem" prezidenti Xabi Alonsoning tovon pulini to'lab, uni jamoaga olib kelishga tayyor
Deniel Levi aynan Alonsoni bosh murabbiy sifatida ko'rmoqda.
"Tottenxem" klubi prezidenti Deniel Levi "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonsoni o'z klubiga jalb qilmoqchi. Buning uchun Levi "Bayer"ga kerakli tovon pulini to'lashga ham tayyor. Klub aynan Alonsoni "shporlar" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.
Klub tez orada harakatni boshlaydi. Deniel Levi Xabi Alonsoning ishini yuqori baholamoqda. Malum qilinishicha, Xabi Alonsoning "Bayer" bilan shartnomasidagi tovon puli murabbiyning bir yillik maoshiga teng.
Xabi Alonso "Tottenxem" bilan shartnoma imzolagan taqdirda ham u jamoani yozda qabul qilib oladi. Mavsum yakunlanguniga qadar ingliz jamoasini Rayan Meyson boshqarishda davom etadi.
Fikrlar