"Tottenxem" bosh murabbiyligiga davogar o'z klubi bilan shartnomani uzaytirdi
27 may 2023 11:29
Yangiliklar
"Tottenxem" bosh murabbiyligiga davogar o'z klubi bilan shartnomani uzaytirdi
"SHporlar" endi boshqa variantlarga etibor qaratishlari kerak.
Rotterdam klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, Arne Slot 2026 yilning yoziga qadar "Feyenoord" bosh murabbiyi bo'lib qoladi. 44 yoshli mutaxassis shartnomani uzaytirdi.
Eslatib o'tamiz, Arne Slot "Tottenxem" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy davogarlardan biri sanalardi. Londonliklar niderlandiyalikning shaxsiga qiziqish bildirishdi. Negaki, Arne Slot ushbu mavsum "Feyenoord"ni liga chempionligiga olib keldi, o'tgan yili esa Konferenciya Ligasi finaliga olib chiqqan edi.
Fikrlar