“Tottenxem” APLda 19 yil oldingi antirekordini takrorladi

19 okt 2020, 08:32
“Tottenxem” APLning 5-turida “Vest Xem” bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi.

Joze Mourinyu shogirdlari o'yinning 16-daqiqasidayoq hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirib qo'ygandi. Biroq “shporlar” o'yin so'ngiga qadar g'alabani qo'ldan chiqardi. “Tottenxem” 3 ta to'p ustunligiga ega bo'la turib, APLning so'nggi 88 ta o'yinida ilk bor g'alaba qozona olmadi.

“Tottenxem” bunday ustunlikni qo'ldan chiqargan o'yin esa 2001 yilda bo'lgandi. O'shanda jamoa “Manchester Yunayted”ga 3:5 hisobida yutqazgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta