Toshkentda 140 kundan buyon o'yin o'tkazmagan jamoaga qarshi o'ynaymiz
04 iyu 2019 13:52
Yangiliklar
Toshkentda 140 kundan buyon o'yin o'tkazmagan jamoaga qarshi o'ynaymiz
Dastlabki bahs Turkiyaga qarshi Antaliyaning Alanya shaharchasida o'tkazilib, unda terma jamoamiz 2:0 hisobida mag'lub bo'ldi.
Kecha Toshkentga qaytib kelgan terma jamoamiz endi 7 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida KXDRni qabul qiladi.
Bo'lajak raqibimiz sanalgan KXDR o'tgan yili kuzda ham Toshkentda o'rtoqlik bellashuvi doirasida mehmon bo'lgandi. O'shanda terma jamoamiz Marat Bikmaevning dubli evaziga g'alaba qozongandi.
Qayd etish kerakki, bu jamoa yanvarda o'tgan Osiyo Kubogida ham ishtirok etib, o'z guruhidagi barcha o'yinlarda yirik hisobda mag'lub etilgan va qita chempionatida o'z darvozasidan eng ko'p (14) gol o'tkazib yuborgandi.
Osiyo Kubogidan keyin KXDR hali birorta uchrashuvda maydonga tushgani yo'q va 7 iyun kuni qita chempionatidan keyingi ilk bahsida terma jamoamiz raqibiga aylanadi.
Kecha Turkiyadan Toshkentga qaytgan O'zbekiston terma jamoasi bugundan etiboran KXDR va Suriyaga qarshi o'yinlarga taraddud ko'rishni boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 7 iyun kuni KXDR hamda 11 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida Suriyani qabul qiladi.
Fikrlar