So’nggi yangiliklar

16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  0 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  1 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  6 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi Yangiliklar

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi

Hukumat qarori asosida "Paxtakor" futbol klubi boshqaruvi Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga o'tkazildi.

SHu munosabat bilan bugun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati, asosiy jamoa va klub vakillari bilan uchrashish uchun "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdi. Unda Toshkent shahar hokimi "Paxtakor" jamoasi hamisha o'zbek futboli faxri bo'lib kelgani, bundan buyon klubda barcha sharoitlar muhayyo etilishi borasida futbolchilarga takidladi. Jamoa O'zbekistonda etakchilikni saqlab, Osiyo CHempionlar Ligasi g'olibiga aylanish maqsadida harakatlarini muntazam kuchaytirib borishiga urg'u berdi. Buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilishi, yosh futbolchilar va akademiyaga etibor qaratilishi to'g'risida aytib o'tdi. Klubdagi do'stona muhit yangi g'alabalar va rivojlanish yo'lida asosiy qadam bo'lishi haqida takidladi. Klubda ayni paytda faoliyat ko'rsatayotgan rahbariyat va xodimlar ishga professional munosabatda bo'lib, oxirgi yillarda klubni yuqori darajaga olib chiqishda faol mehnat qilayotgani va katta hajmda ishlar bajarilganini etirof etdi.

Uchrashuv yakunida "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra va jamoa sardori Egor Krimec minnatdorchilik sifatida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaevga "Paxtakor"ning birinchi raqamli libosini taqdim etishdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика