So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  7 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Abbosbek Fayzullaev: "Hozirgi kunda oson raqibning o'zi yo'q. Kechagi natijalar bunga isbot bo'ldi" Yangiliklar

Abbosbek Fayzullaev: "Hozirgi kunda oson raqibning o'zi yo'q. Kechagi natijalar bunga isbot bo'ldi"

O'zbekiston terma jamoasi va CSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev terma jamoamizning bugungi mashg'ulotida OAV vakillariga intervyu berdi.

- Avvalambor kechagi g'alaba bilan barchani tabriklayman. Muhim uchrashuvda kerakli natijaga erishdik. Bunday bosqichda hech qanday xato va kamchiliklar kechirilmaydi. Eng asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Uchrashuv qiyin bo'ldi. KXDR ham oson mag'lub etiladigan jamoa emas ekanligini bilardik. Hozirgi kunda hech kimni osongina mag'lub etib bo'lmaydi.

- Qirg'izistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladingizlarmi?

- Bugun ko'proq tiklanishga urg'u beramiz. Keyingi raqibimizni o'rganishni boshlaymiz. Oson o'yin bo'lmasligi aniq. Kecha qirg'izlar Eronga qarshi munosib o'yin namoyish etishdi. Guruhimizda oson raqibning o'zi yo'q.

- Bosh murabbiyimiz kecha jismoniy holat bilan bog'liq muammolarga duch kelyapmiz deb aytdi. Jismoniy jihatdan tayyorgarlik qanday kechmoqda?

- Futbolchilar bunga ko'nikib ketishgan. To'g'ri, biroz qiyinroq bo'lishi mumkin, ayniqsa parvozdan keyingi jarayon. Hozir yana uch vaqtimiz bor. SHu vaqt ichida tayyor bo'lib olishimiz kerak.

- So'nggi marotaba Qirg'iziston terma jamoasi bilan Osiyo kubogidan oldingi yig'inda nazorat o'yinini o'tkazgan edik. SHu vaqt ichida raqib qanchalik o'zgargan bo'lishi mumkin?

- 7 oy ham ancha katta muddat. Raqibimiz jismoniy va taktik tomonlama kuchaygan deb o'ylayman.

- Kecha guruhimizdagi boshqa jamoalar qayd etgan natijalar haqida gapirib o'tsangiz. Qatar - BAA uchrashuvi ko'pchilikning etiborini tortdi.

- Oson raqib yo'q ekanligiga yana bir bor guvoh bo'ldik. Kecha Janubiy Koreya Falastinni mag'lub eta olmadi, Bahrayn Avstraliyani mag'lub etib qo'ydi. Hozirgi kunda o'yinga yaxshi yondashmasangiz, har qanday raqibga yutqazib qo'yish mumkin.




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика