So’nggi yangiliklar

03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1

Saralash bahslari starti oldidan SHirshov xotirasiga turnir tashkil qilindi Yangiliklar

Saralash bahslari starti oldidan SHirshov xotirasiga turnir tashkil qilindi

O'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasida ajoyib o'yinlar o'tkazgan va bugungi kunda oramizda yo'q bo'lgan futbolchilar xotirasiga turnir tashkil qilish "Kelajak yulduzlari" kompaniyasining ananasiga aylanib bormoqda.

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichidagi yurishini boshlaydi. "Paxtakor" va "Kelajak yulduzlari" kompaniyasi "Trastbank" homiyligida 1-4 sentyabr kunlari Nikolay SHirshov xotirasiga bag'ishlangan turnirni tashkillashtirdi. Festival tarzida o'tkazilgan mazkur musobaqada kecha final bellashuvlari bo'lib o'tdi. Demak dastlab natijalar haqida malumot berib o'tamiz. 


Nikolay SHirshov xotira kubogi

"Paxtakor" (shaxmat)

2016 yillar

04.09.2024

7- o'rin uchun

10:00. "Lokomotiv B" - "Feniks" +/- 

5-o'rin uchun 

11:00. "Lokomotiv" - "Paxtakor Junior" 2:4 

3-o'rin uchun

12:00. "Paxtakor B" - "Bunyodkor" 3:5 

Final

13:00. "Lider Best" - "Paxtakor A" 0:6


2015 yillar

04.09.2024

7- o'rin uchun 

"Junior"  - "Lochin" +/-

5-o'rin uchun 

"SHahrixon" - "Kosonsoy" 1:6

3-o'rin uchun 

"Lokomotiv" - "Paxtakor B" 6:2

Final 

"Paxtakor" - "Feniks" 9:2

Taqdirlash marosimida Nikolay SHirshovning onasi, "Paxtakor" klubi raisi o'rinbosari Dilshod Karimov, futbolchi bilan birga to'p tepgan SHuhrat Maqsudov, Yorqin Nazarov, Olim SHokirov ishtirok etdi, do'stini yorqin xotiralar bilan yodga oldi.

"Avvalambor o'g'limni eslab shunday turnir tashkil qilganingizga katta rahmat. Nikolay o'z o'yinlari bilan muxlislar yodida qolgan ekan shunday xotira turnirlarini o'tkazyapsizlar. Buning uchun o'zimni minnatdorchiligimni elon qilaman",- deydi Nikolay SHirshovning volidayi muxtaramasi.

"Turnirda ishtirok etgan barcha jamoalarga rahmat aytamiz. Bolalarga kelajakda yanada kuchli bo'lib yaxshi futbolchi sifatida terma jamoalarimizda to'p tepishlarini tilab qolamiz. O'ylaymanki, bunday turnirlar shu bilan to'xtab qolmaydi va davom ettiriladi",- deydi "Paxtakor" klubi raisi o'rinbosari Dilshod Karimov. 

"Nikolay SHirshovni nafaqat ajoyib futbolchi balki ajoyib inson sifatida ham yodga olamiz. Terma jamoada, "Paxtakor"da birga to'p tepganmiz, safarlarda bitta xonada istiqomat qilganmiz. O'zining gollari, o'yinlari bilan muxlislarni mehrini qozona olgan",- deydi "Paxtakor" sport direktori SHuhrat Maqsudov.

"Do'stimiz Nikolay SHirshov bilan 7 sinfdan boshlab sport maktabida birga katta bo'lganmiz. Yuqorida aytilganidek u ajoyib va oliyjanob inson edi. O'z ustida tinmasdan ishlardi va natijada katta yutuqlarga erishdi. Ota-onasi bilan ham ko'p gaplashib turar edik. Bunday turnirlarni o'tkazish anana tarziga kirishini tilab qolardim. Mana bu yil bahorda Dilmurod Nazarov xotirasi yodga olingandi. Tashkilotchilarga ham rahmat aytaman",- deydi Yorqin Nazarov.


"Biz 2 mahal mashg'ulot olib borsak, Nikolay mashg'ulotdan keyin ham uyda yana ishlardi. SHuning uchun bizdan ham o'tib ketdi, "Rostov"da o'ynadi, terma jamoada to'purar bo'ldi. Nima ham derdik yaxshilarni xotirasi doim shunday tantana bilan yodga olinadi",- deydi Olim SHokirov.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика