So’nggi yangiliklar

05:35Роналдунинг мақтовига сазовор бўлган, уруш туфайли жамоасини ўзгартирган ва "Пахтакор"ни ОЧЛнинг кейинги босқичига олиб чиққан Брайан Риаскос билан яқиндан танишамиз  0 03:00ЕЧЛ. "Брюгге", "Бавария" ва "Бенфика" кейинги босқичга йўл олди. "Аталанта", "Селтик" ва "Монако" эса мусобақани тарк этди  35 00:41ЕЧЛ. "Фейеноорд" Италияда дуранг ўйнаб кейинги босқичга йўл олди, "Милан" мусобақани тарк этди  45 00:17"Борнмут" устози "Реал"га йўл олиши мумкин?!  5 23:38"Манчестер Сити" Мадридга 22 футболчи билан йўл олди, улар орасида Ҳусанов ҳам бор  31 23:09Расман: "Пахтакор"нинг Элит ОЧЛ 1/8 финалидаги рақиби — "Ал Ҳилол"  36 22:57Ўртоқлик ўйини. ОКМК бугунги иккинчи ўйинида Қозоғистон жамоаси билан дуранг ўйнади  4 22:27Фирмино АПЛга қайтиши мумкин  3 21:20"Динамо"ни тарк этган Абубакр Мўйдинов фаолиятини Европа клубида давом эттиради  6 21:03Вальверде "Ман Сити" билан ўйин ҳақида: "Реал" ушбу кечани мухлислар учун унитилмас қилишга ҳаракат қилади"  17 20:37Назорат ўйини. "Бухоро" Грузия жамоаси билан дуранг ўйнади  7 20:19"Арсенал" ва "Челси" Бундеслигадаги футболчига қизиқиб қолган  2 19:50"Барселона" Левандовскига 2027 йилга қадар мўлжалланган шартнома таклиф қилишни режалаштирмоқда  11 19:24Ўртоқлик ўйини. ОКМК Украина жамоасидан минимал ҳисобда устун келди  2 18:58"Атлетико" етакчиси жароҳат туфайли бир ярим ойни ўтказиб юборади  9

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston KXDRni mag'lub etib, uchinchi bosqichni 3 ochko bilan boshladi Yangiliklar

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston KXDRni mag'lub etib, uchinchi bosqichni 3 ochko bilan boshladi

JCH-2026 saralashi doirasida O'zbekiston terma jamoasi KXDRga qarshi maydonga tushdi.

JCH-2026 3-saralash bosqichi

5 sentyabr. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00 
"A" guruhi. 1-tur
O'zbekiston – KXDR 1:0

Gol: 1:0 — 20, Jaloliddin Masharipov (SHerzod Nasrullaev)

O'zbekiston - 1.O'tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (4. Farrux Sayfiev, 70), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek SHukurov (18. Abdulla Abdullaev, 70), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (6. Akmal Mozgovoy, 87), 11.Oston O'runov (22. Abbos Fayzullaev, 60), 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Eldor SHomurodov (17. Bobir Abdixoliqov, 87), 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: Ergashev, Nematov, Hamraliev, Turg'unboev, Iskanderov, Amonov, Erkinov.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston uchinchi saralash bosqichini g'alaba bilan boshladi.

90+3. Xavfli vaziyat! Ajoyib kombinaciyani Abdullaev nihoyasiga etkaza olmadi.

90+1. O'tkir Yusupovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Masharipov va SHomurodov o'rniga Mozgovoy va Abduxoliqov tushirildi.

86. Xavfli vaziyat! SHomurodovning raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

84. Hamrobekov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Koreyaliklarda standart vaziyat yuzaga keldi.

80. Nasrullaevning olis masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

78. Yana jarima maydonimizga raqib futbolchisi kirib borib yiqildi, xayriyatki, bu safar qoidabuzarlik ishlatilmadi.

Bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun "Bunyodkor" stadioniga 24205 muxlis tashrif buyurdi.

75. Xavf bartaraf etildi, to'p Yusupovga borib tushdi.

73. Jarima maydonimiz yaqinida mehmonlar standart vaziyat ishlab olishdi.

70. Terma jamoamiz tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi. Alijonov va SHukurov o'rniga Sayfiev va Abdullaev maydonga tushirildi.

66. Xavfli vaziyat! SHomurodovning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi! To'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

63. SHimoliy Koreya futbolchilarining o'yinidan ko'ra ularning ism-familiyasini talaffuz qilish murakkabroq bo'lmoqda.

60. O'zgarish: Abbos Fayzullaev Oston O'runov o'rniga maydonga tushdi.

55. Hamyurtlarimiz tezkor qarshi hujumga o'tishga harakat qildi, Masharipovning uzatmasiga SHomurodov eta olmadi.

52. Masharipov chap qanotda raqibning bir futbolchisini ortda qoldirdi, ikkinchisi tomonidan to'xtatildi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+2. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Nasrullaev tomonidan uzatilgan to'pga o'ng qanotdagi Alijonov to'xtatmasdan zarba yo'lladi, ammo raqib posboni bu safar jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! Hamyurtlarimiz tezkor qarshi hujum sodir etishdi, ammo yakunda SHukurovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

40. O'tkir Yusupoooooooooooooooooooooovvvvvv!!! Terma jamoamiz darvozaboni 11 metrli jarima zarbasida to'p yo'nalishini topdi va raqib jamoaning gol urishiga yo'l qo'ymadi!

38. Afsuski, O'zbekiston darvozasi tomon penalti belgilandi. Hamrobekov jarima maydonimizda raqib futbolchisini to'xtatib qoldi.

37. Hamrobekov raqib jarima maydoniga kirib borishga harakat qildi, so'nggi lahzada koreyalik himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

36. Mehmonlar hujumchisi himoyachimizning soyasidan yiqilib tushdi. Ammo hakam Paralampiya o'yinlarida ishlayotgani yo'q.

35. Xavfli vaziyat! Hamrobekovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

31. Koreyaliklarda standart vaziyat yuzaga keldi. KIM Kuk Bomning uzatmasini himoyachilarimiz bartaraf etishdi.

O'zaro so'nggi 5 o'yinda 4 marta O'zbekiston, 1 marta SHimoliy Koreya g'alaba qozongan.

30. Rustam Ashurmatov raqibdan to'pni olib qo'ishda jonbozlik ko'rsatdi.

26. Aliqulovning uzoq masofadan tepgan to'pi KAN Ju Xyokning quchog'iga borib tushdi.

24. Hali o'ziga kelib ulgurmagan mehmonlar ikkinchi golni qabul qilib olishiga bir bahya qoldi, bugun koreyaliklarning muvaffaqiyat bobida qo'li kaltalik qilayotgan bo'lsa, so'nggi hujumda jarima maydoniga uzatilgan to'pga SHomurodovning oyog'i kaltalik qildi. 

20. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Masharipov uchrashuvda hisobni ochdi va stadionda o'tirgan ming-minglab muxlislarimizga maosh olgan kunidagi kayfiyatini qaytardi!

Jaloliddin Masharipov terma jamoa safidagi 11-golini urdi.

16. Mehmonlar asosan o'ng qanotdan hujum tashkil etmoqda. PAEK CHung Sonning navbatdagi urinish orqali ikkinchi qavatdagi tribunalarda o'tirgan muxlislarga salom yo'lladi. 

14. Masharipovning to'pni olib qo'yishi natijasida SHomurodov chap qanotdan oldinga bordi, ammo uning uzatmasiga sheriklari eta olmadi.

11. Koreyaliklarning ilk xavfliroq ko'rinish olgan hujumini Nasrullaev bartaraf etdi.

8. Xavfli vaziyat! Hamyurtlarimiz birin-ketin ikkita xavfli hujum tashkil etishdi, dastlab SHomurodovning zarbasini raqib darvozaboni qaytargan bo'lsa, so'ngra Nasrullaevning zarbasi darvozaning yon tomoniga tegdi. Burchak zarbasi ishlab oldik.

6. Hamyurtlarimiz o'ng qanotdan oldinga tashlanishdi, ammo raqib himoyachisi muz ustida sirpangandek kelib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

1. Uchrashuv boshlandi. Mundialga mezbonlik qiladigan "sehrli diyor"ni yashil karta emas, yashil maydon orqali zabt etish nasib etsin.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика