So’nggi yangiliklar

23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 23:00ЕЧЛ финали учун ПСЖ ва "Интер" жамоаларининг бошланғич таркиблари маълум!  10 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  0 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  51 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  0 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0 17:07АПЛнинг учта клуби Барколяни нишонга олди  1

O'zbekistonning bo'lajak raqibi BAA nega favqulodda kuchayib ketdi? Yangiliklar

O'zbekistonning bo'lajak raqibi BAA nega favqulodda kuchayib ketdi?

Kecha Osiyo qitasida JCH 3-saralash bosqichi uchrashuvlariga start berildi.

O'zbekiston "Bunyodkor" stadionida KXDRni mehmon qilib, minimal (1:0) g'alabaga erishgan bo'lsa, "A" guruhining boshqa vakillari — Eron Isfaxonda Qirg'iz Respublikasi bilan to'qnash kelib, 1:0 hisobida yutdi, BAA Qatar maydonida 3:1 hisobida zafar quchdi. Xo'sh, Birlashgan Arab Amirliklari amaldagi Osiyo chempionini qay yo'sinda mag'lub etdi? Paulu Bentu shogirdlarining g'alaba kaliti nimada? Maqolada aynan shu savollarga javob topishga urinib ko'ramiz.

Qatar – BAA uchrashuvi tafsilotlari 

Ar-Rayyandagi "Ahmad bin Ali" stadioni mezbonlik qilgan bahsning boshida ikki jamoa futbolchilari biroz bosim ostida to'p tepishdi va bir qator vaziyatlar ko'kka sovurildi. Birinchi gol 38-daqiqaga to'g'ri keldi — Akrom Afif to'pni 18 yoshli sherigi Ibrohim Al Hassanga uzatdi, yosh futbolchi bir kishini aldab o'tgach, pastki burchakni nishonga oldi – 1:0.

BAA o'yin borishini o'zgartirishga harchand urinmasin, birinchi taymda hisob o'zgarmadi. 68-daqiqaga borib mehmonlar yarim himoyachisi Harib Suhayl katta sahnaga chiqdi. Uning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasidan keyin qatarliklar posboni ojiz qoldi – 1:1.

80-daqiqada himoyachi Holid Ibrohim o'yin taqdirini o'zgartirib yuborgan to'pni kiritdi – 1:2.

90+4-daqiqada Paulu Bentu qo'l urgan o'zgarish BAAga qo'l keldi. Portugaliyalik mutaxassis 88-daqiqada yarim himoyachi Tahnun Al Zaabi o'rniga o'yinga qo'shgan angliyalik (ha, adashmadingiz, angliyalik) xavbek Makkenzi Xant o'zidan sal avval zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Ali Solihni to'p bilan taminladi va u hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.



BAA mazkur uchrashuvda quyidagi tarkibdan foydalandi:

BAA: 17.Holid Eysa, 2.Abdulla Idris, 4.Kuame Kaudio, 8.Tahnun Hamdan (18.Makkenzi Xant, 88), 9.Harib Abdalla (16.Muhammad Al Balushi, 90+3), 11.Kayo Kanedo, 12.Halifa Muborak, 14.Abdulla Hamad Al Menhali, 15.Yahyo Nodir, 19.Holid Al Dhanhani, 20.Yahyo Al Gassani (7.Ali Solih, 75).

Zaxira: 1.Ali Haseyf, 22.Holid Tavhid, 3.Zayid Sulton, 5.Ali Hassan, 6.Abdilrahmon Solih, 10.Fabio De Lima, 21.Issam Fayz, 23.Fahad Badir.



Ko'rib turganingizdek, tarkibdagi bir qator nomlar bejiz ajratib ko'rsatilmadi. Ular aslida arab bo'lmagan va mahalliylashtirilgan futbolchilardir. Bentu xohlagan futbolni qurishda ularning hissasi juda katta.  


Paulu Bentu 5 sentyabr kungi Qatar, 10 sentyabr kungi Eron bilan uchrashuvlar uchun 30 nafar futbolchini chaqirgandi. Ajablanarlisi, tarkibdagi naq 7 nafar(!) futbolchi mahalliylashtirilgan futbolchi hisoblanadi. Quyida ular bilan batafsil tanishasiz. 



Mahalliylashtirilgan charm to'p ustalari 

Himoyachi Kuame Kaudio 2000 yil Kot-d'Ivuarning Uragaxio shahrida tug'ilgan. 2019/20 yilgi mavsumdan buyon BAA chempionatida to'p tepadi, 2023 yilda BAA fuqaroligini qabul qilgan va shundan beri mamlakat termasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'ynagan jamoalari: "Mimozas" U-19 (Kot-d'Ivuar), "Xorfakkan", "Al Ayn" (bugungi kungacha).



Hujumchi Kayo Kanedo 1990 yil Braziliyaning Volta-Redonda shahrida dunyoga kelgan. 2014/15 yilgi mavsumdan beri BAA chempionatida harakat qiladi, 2020 yilning yanvarida BAA fuqaroligiga qabul qilingan. Termadagi debyutini 2020 yil 12 noyabrda Tojikistonga qarshi (3:2) o'rtoqlik o'yinida o'tkazgan. Bugungi kunda "Al Vasl" jamoasida o'ynamoqda.

O'ynagan jamoalari: "Volta-Redonda", "Botafogo", "Figeyrense", "Internasonal", "Vitoriya" (barchasi – Braziliya), "Al Ayn", "Al Vasl" (ikkisi – BAA).



Hujumkor yarim himoyachi Fabio De Lima 1993 yil Braziliyaning Arasaji municipalitetida tavallud topgan. 2014/15 yilgi mavsumdan beri BAA chempionatida o'ynaydi. 2020 yilning fevral oyida BAA fuqaroligini qabul qilgan. Termadagi debyutini 2020 yil 12 oktyabr kuni O'zbekistonga qarshi (1:2) o'rtoqlik bellashuvida nishonlagan.   

O'ynagan jamoalari: "Ikasa", "Atletiko Goiyaniense", "Vasko da Gama" (barchasi – Braziliya), "Al Vasl" (BAA, bugungi kungacha).



CHap qanot himoyachisi Makkenzi Xant 2001 yil Angliyaning Liverpul shahrida dunyoga kelgan. 2007 yildan 2024 yilning yozigacha "Everton" tizimida harakat qilgan. Makkenzi Premer-liga klubi asosiy jamoasining qaydnomasiga 20 marta kirganiga qaramay, umuman maydonga tushirilmagan. U bolaligining asosiy qismini Dubayda o'tkazgan va ingliz makbatiga qatnagan. Keyinchalik Dubaydagi kollejda 2 yil tahsil olgach, yana Liverpulga qaytgan. Uning otasi Mark hamon Dubayda yashab, o'sha erda ishlab keladi. Aytish joiz, u shu yil boshida BAA fuqaroligini olgan. 

Makkenzi Xant kuni kecha – 30 avgust kuni BAA terma jamoasidan chaqiruv oldi va kecha Qatar bilan bahsda nafaqat debyut qilishga, balki assist qilishga ham ulgurdi.

O'ynagan jamoalari: "Everton", "Flitvud" (ikkisi – Angliya, bugungi kungacha).



Issam Fayz 2000 yil Marokashning Xuribga shahrida tug'ilgan. 2018 yildan beri BAA chempionati vakili "Ajman" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 2023 yilda BAA fuqaroligini olgan va milliy terma jamoada 2024 yil 26 mart kuni JCH saralashi doirasidagi Yaman bilan bahsda debyut qilgan. 



Sentyabrdagi yig'inga jalb qilingan, ammo Qatar bilan bahsda ko'rinish bermagan futbolchilar

Hujumchi Junior Ndiaye 2005 yil Dubayda tavallud topgan. Franciya U-17 termasi safida maydonga tushishga ulgurgan. Biroq endilikda u yana BAA sharafini himoya qilmoqda. Uning otasi Samba "Al Nassr" tarkibida 2 mavsum harakat qilgan.

Darvozabon Adli Muhammad 2004 yil Bahrayn poytaxti Manamada tug'ilgan. Bugungi kunda "Sautgempton" U-21 tarkibida o'ynamoqda. U ham Qatar va Eronga qarshi uchrashuvlar uchun ilk bor termaga chaqirilgan.

Etiborlisi, "Al Vasl" yarim himoyachisi Ali Solihning Adli Muhammad va Makkenzi Xant qatori Britaniyaga aloqasi bor. Gap shundaki, uning onasi SHotlandiya poytaxti Edinburgdan.


Xulosa shuki, bir muddat oldin o'zbek futboli mutaxassislari va ishqibozlari BAAni jiddiy raqib sifatida qabul qilmayotgandi. Qatar bilan o'yin ko'rsatdiki, bu noto'g'ri qarash va BAA milliy terma jamoasi to'g'ri relsga tushib olgan va dadil ravishda oldinga ildamlamoqda. Ishonamizki, O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi ham BAAning o'yinlarini astoydil o'rganadi. Har holda raqib bu ishni allaqachon boshlab yuborgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – BAA uchrashuvi 15 oktyabr kuni tashkil etilishi rejalashtirilgan.


SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика