Torreyra "Monako"ga o'tishi mumkin, muzokaralar davom etmoqda
25 jan 2021 07:23
Yangiliklar


Torreyra "Monako"ga o'tishi mumkin, muzokaralar davom etmoqda
"Atletiko"da ijara asosida o'ynayotgan "Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga "Monako" qiziqish bildirmoqda. Franciya klubi urugvaylik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Qayd etish kerakki, muzokaralar davom etmoqda, klublar kelishuvga yaqinlar.
24 yoshli Torreyra joriy mavsum "Atletiko" libosida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Lukasning "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
16:23
ECHL 1/8 final bosqichiga qura tashlandi: "Real" "Atletiko" bilan, "Liverpul" PSJ bilan o'ynaydi! 99

Fikrlar