"Torpedo" RPLning 7 o'yinida 1 ochko jamg'ardi
28 avg 2022 22:04
Yangiliklar


"Torpedo" RPLning 7 o'yinida 1 ochko jamg'ardi
"Torpedo" mavsumning dastlabki 7 o'yinida 6 mag'lubiyat va 1 durang qayd etdi.
Moskva jamoasi RPLning 7-tur uchrashuvida "Krasnodar"ga imkoniyatni boy berdi (1:4).
Klub ayni damda Rossiya chempionati turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.
“Torpedo” mavsumni bosh murabbiy Aleksandr Borodyuk bilan boshladi. Uning istefosidan so'ng jamoani Nikolay Savichev egalladi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoada o'zbekistonlik futbolchi Hojimat Erkinov to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar