So’nggi yangiliklar

22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  12 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  3 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  116 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 20:14Туркия Суперкубоги. "Галатасарой" - "Фенербаҳче" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  13 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6

OKMK Belarus klubi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi Yangiliklar

OKMK Belarus klubi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

Teglar :  OKMKTorpedo-BelAZ
Olmaliqning OKMK klubi Belarusning "Torpedo-BelAZ" klubi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi.

Rasmiy hujjatni bugun “TORPEDO-BELAZ” FK direktori Aleksandr Pugach va OKMK FK bosh direktori Bahodir Mirzaev imzoladi.

SHartnomada ko'rsatilgan kelishuvlarga quyidagilar kiradi:

- bolalar, yoshlar va aholining boshqa guruhlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va futbolni ommalashtirish;

- futbol sohasida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish;

- futbolni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;

- har ikki davlatda o'tkaziladigan xalqaro musobaqalarda ishtirok etish;

- murabbiylarning klublarning sport inshootlarida amaliyot o'tashlari va o'quv-mashg'ulotlar yig'inlarida ishtirok etishi;

- sport marketingi va boshqa sohalarda tajriba almashish;

- bolalar va o'smirlar futboli sohasida hamkorlik.

Eslatib o'tamiz, OKMK klubi O'zbekiston Superligasining ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni aynan Belarusda o'tkazmoqda. Bahodir Mizaev shartnoma imzolangandan so'ng OKMK bazasida "Torpedo-BelAZ" jamoasi uchun qishki mavsumoldi yig'inini tashkil etishni taklif qildi.

Bugun, shuningdek, OKMK sport delegaciyasi Belarus avtomobil zavodiga ekskursiyaga yo'l oldi, ertaga olmaliqliklar "Minsk" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика