Tomas Tuxel: "Tashabbus biz tomonda bo'ldi, lekin "Krasnodar" haqli g'alabaga erishdi"
27 noy 2015 00:05
Yangiliklar


Tomas Tuxel: "Tashabbus biz tomonda bo'ldi, lekin "Krasnodar" haqli g'alabaga erishdi"
"Borussiya D" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Krasnodar" bilan o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Uchrashuvda to'liq ustunlikka egalik qildik. Hisobni tenglashtirish uchun ko'plab vaziyatlar bo'lgandi. Maydonga g'alaba ishqida tushgandik, ammo omad raqibga kulib boqdi. O'yindan ko'nglim to'ldi. "Krasnodar"da ko'plab legioner futbolchilar mavjud. Tarkibi etarli darajada kuchli. Bugun jamoam raqibga qarshi bu darajada yaxshi qarshilik ko'rsatishlarini biroz kutmagandim ham. To'g'risi, omad bugun "Krasnodar" tarafda bo'ldi. Ular haqli ravishda g'alaba qozonishdi va bu bilan ularni tabriklayman", - dedi Tomas Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar