So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  10 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:0 (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Tokio Olimpiadasiga oid malumotlar va Misr yoshlarining Afrikadagi o'rni haqida Yangiliklar

Tokio Olimpiadasiga oid malumotlar va Misr yoshlarining Afrikadagi o'rni haqida

Ayni paytda vodiyda mehmon bo'lib turgan Misr olimpiya terma jamoasining negizini tashkil qilayotgan futbolchilar 2017 yil 20 yoshli futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tgan Afrika chempionatida ishtirok etganlar.

Misr yoshlar terma jamoasi Afrika chempionati saralash o'yinlarining 2-bosqichida Ruanda, 3-bosqichida Angolani mag'lubiyatga uchratib qita chempionatiga yo'l olgan edilar. Naibiya davlatida bo'lib o'tgan musobaqada jami 8ta jamoa ishtirok etgan. Unda Misr "A" guruhida Namibiya, Gvineya va Mali terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan va 2ta durang, 1ta mag'lubiyat natijasini qayd etib guruhda 3-o'rin sohibi bo'lgan. Yoshlar o'rtasidagi JCHga Senegal, Janubiy Afrika, Gvineya va Naibiya terma jamoalari yo'l olganlar.


Huddi shu musobaqaning Osiyodagi qismida Jasur Abduraimov bugungi kundagi olimpiya terma jamoasi azolari bilan qita chempionatida guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritib keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritgan edilar. O'shanda jamoamiz Tojikiston va Avstraliya ustidan g'alaba qozongan edilar. So'nggi, kerak bo'lmagan o'yinda Xitoy bilan durang o'ynalgan. Afsuski JCH yo'llanmasini beruvchi hal qiluvchi o'yinda chiroyli o'yin ko'rsatgan bo'lishimizga qaramay, Eronga imkoniyatni boy berib qo'yganmiz. Garchand kichik mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan bo'lsakda, o'sha musobaqadan juda ko'pchilikning ko'ngli to'lgan edi.


Ayni paytda Misr terma jamoasi Tokio Olimpiadasi uchun yo'llanma beradigan Afrika chempionatiga tayyorgarlik ko'rayapti. Etiborlisi shundaki, musobaqaga aynan Misr 8 - 22 noyabr kunlari mezbonlik qiladi. 


Tokio Olimpiadasi kvotalari quyidagicha ko'rinish olgan:

UEFA - 4 (Italiya va San Marino, 16-30 iyun)

OFC - 1 (Fiji, 21 sentyabr - 5 oktyabr)

CONCACAF - 2 (Kosta Rika, oktyabr)

CAF - 3 (Misr, 8-22 noyabr)

AFC - 3 (Tailand, 8-26 yanvar)

CONMEBOL - 2 (Kolumbiya, 15 yanvar - 2 fevral)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика