Tojikiston klubi OFK kubogi finaliga chiqdi
18 okt 2017 21:23
Yangiliklar
Tojikiston chempioni "Istiqlol" klubi OFK kubogi yarim finali javob bahsida Hindistonning "Bengaluru" klubi bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi va finalga chiqdi. Tojikistonda o'tgan ilk uchrashuvda maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchishgandi.
SHu tariqa, "Istiqlol" o'z tarixida ikkinchi bor OFK kubogi finaliga chiqdi. 2015 yilda klub hal qiluvchi o'yinda Malayziyaning "Joxar Darul Tazim" jamoasiga yutqazib qo'ygandi.
Bu yilgi finalda "Istiqlol"ga Iroqning "Al Quva Al Javiya" klubi raqib bo'ladi.
OFK kubogi-2017
Bengaluru (Hindiston) – ISTIQLOL (TOJIKISTON) – 2:2
Gollar: Nuriddin Davronov, 4 – s penalti (0:1). Raxul Bxeke, 24 (1:1). Dmitriy Barkov, 56 (1:2). Sunil CHetri, 65 – penalti (2:2).
CHetlatish: Xarmandjot Xabra (Bengaluru), 42.
18 oktyabr. Bangalor. Kanterava stadioni.
Birinchi o'yin – 0:1.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar