Tite Neymardan sardorlik bog'ichini olib qo'yishi haqida: "Avval u bilan gaplashib olmoqchiman"
17 may 2019 21:30
Yangiliklar


Tite Neymardan sardorlik bog'ichini olib qo'yishi haqida: "Avval u bilan gaplashib olmoqchiman"
Braziliya termasi bosh murabbiyi Tite Amerika kubogida unga sardorlikni ishonib topshirmasligi mumkinligi borasidagi xabarga fikr bildirdi.
"Avval, o'zim Neymar bilan gaplashib olmoqchiman. Suhbat telefon orqali emas, yuzma-yuz bo'ladi. Bu haqda hozir gapirmayman", - dedi Tite.
Avvalroq, PSJ hujumchisi milliy termaga sardor bo'lmasligi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bunga sabab sifatida Franciya kubogi finalida "Renn"ga qarshi o'yin paytidagi tortishuv ko'rsatildi. Neymar muxlisga zarba bergani uchun 3 ta bahsga diskvalifikaciya qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar