So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  0 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Tirik afsona! Buffon haqida 40ta fakt! Yangiliklar

Tirik afsona! Buffon haqida 40ta fakt!

Teglar :  Yuventus Buffon
Teng yarmi ortda qolgan mavsum italiyalik buyuk futbolchi, darvozabon Janluijji Buffon uchun professional faoliyatidagi so'nggisi bo'lishi mumkin.

Demak, biz darvozabon faoliyatiga nazar tashlab, u haqida siz bilgan va bilmagan 40 faktni sanab o'tamiz.

1. 2003 yilda Buffon jiddiy tushkunlikni boshdan o'tkazgan va aynan shu holat u yotuk posbon bo'lishiga sabab bo'lgan desak adashmaymiz. Janluijji psixologik muammolarni yashirsangiz, u ich-etingizni eb bitiradi deb ko'p bor takrorlaydi. O'shanda u psixologga uchrab, yaqinlari bilan deyarli suhbatlashmay qo'ygan, hamma narsaga bo'lgan qiziqishi so'ngandi. Barcha narsasi etarli, lekin baribir nimadiri kamdek edi, go'yo. Xullas, u 2 oy deganda yana “hayotga qaytgandi”.

2. Buffon – “Yuventus”ga o'tganiga 17 yil bo'ldi. Lekin haligacha futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon hisoblanadi. Ammo 54 million evroni mavsumlarga bo'lib tashlasak, yiliga bor yo'g'i 3.17 evrodan qoladi, xolos. Buffondek buyuk kiper uchun arzimagan narx.

3. Qaxramonimizning eng esda qolarli xotirasi — B Seriyasiga chiqqandan so'ng, Konte bilan Skudettoga ega bo'lganidir. Lekin u murabbiy bo'lishga harakat qilayotgani yo'q. Sababi, Buffon faoliyatini yakunlagach uch farzandi va ayoli bilan ko'proq vaqt o'tkazish niyatida.

4. Buffon CHempionlar Ligasi finalida “Milan” o'yinchilari Dida va SHevchenko tomonidan yo'naltirilgan penalti tufayli qattiq tushkunlikka tushib qolgandi. U hattoki, “Barselona” va “Real” bilan bo'lgan bahslardagi muvaffaqiyatsizlikni ham osonroq qabul qilgandi.

5. Darvozabonning so'zlariga ko'ra, “Real” hech qachon Buffonni sotib olmoqchi bo'lmagan. Lekin “Barselona”, Manchester klublari bunga bir necha marotaba urunib ko'rgan. Ammo avvaliga “Yuventus”ning qo'li baland kelgan, keyin aynan turinliklar barchaga rad javobini berganlar.

6. Buffon – tennischi Rodjer Federerning muxlisi. Ularning munosabati iliq, sababi shveycariyalik ham futbol ishqibozi bo'lib, xokkey ustasi Yagr va Buffonni o'ziga namuna sifatida ko'radi.

7. Janluijji Italiya chempionati seriyalaridagi rekordchi hisoblanadi. 38 yoshida 974 daqiqa davomida “Yuventus” tarkibida o'z darvozasidan to'p o'tkazmagan.

8. Buffon 6ta jahon chempionatining hammasida ham ishtirok etolmadi. Biroq so'nggi 10 yillikda Jijji tinimsiz ishlaganini tushunib olish qiyin emas.

9. “Yuventus” tarixida maydonga Buffondan bir daqiqa ham ko'proq tushgan futbolchi yo'q. Hatto, afsonaviy Del Pero ham undan ko'proq safarga borgan bo'lsa-da, maydonga tushish bo'yicha Buffon uni ortda qoldirib ketgan.

10. Tabiiyki, Italiya termasining sobiq posboni – rekordchi hisoblanadi. Buffon hisobida 175ta o'yin bor. Eng yaqin taqibchilari Kannavarro va Maldini ham undan ancha ortda qolib ketgan.

11. Buffon terma jamoada bor yo'g'i 130ta to'p o'tkazib yuborgan. Ammo aynan u terma safida “quruq o'yinlar” soni bo'yicha rekordchi hisoblanadi.

12. Italiyalik posbon “Skuadra” futbolkasini kiyib, Moskvada debyut qilgan. Havo sovuq, maydon loy, yomg'ir yog'ayotganiga qaramay, u o'z faoliyatini o'sha kuniyoq boshlagan. Ha, aytganday, o'shanda Moskvada bo'lib o'tgan finalda marselliklarni yutib, “Parma” jamoasi UEFA Kubogi sovrindori bo'lgan. Darvozada esa o'sha siz bilgan Buffon edi.

13. Har 7tadan 5ta o'yin Buffon uchun muvaffaqiyatli bo'lgan. Sababi u birorta ham to'pni o'tkazib yuborgani yo'q. Italiyalik golkiper hisobida faqatgina bitta avtogol va finalda Zidan kiritgan penalti bor. Germaniyada raqiblari unga o'yindan to'p kirita olishmagan.

14. Buffon sportchilar oilasidan. Otasi Adriano shtanga ko'taruvchi sportsmen bo'lgan. Onasi Mariya esa disk uloqtiruvchi bo'lib, 17 yoshida rekord o'rnatgan. Amakisi Anjelo – oliy liga basketbolchisi, Janluijjining singillari – Veronika va Jendalina voleybol bilan shug'ullanganlar. Bobosi Lorenco esa “Milan”ning afsonaviy darvozaboni bo'lgan. Ha, naqt sport aristokratiyasining o'zi!

15. Buffon chexiyalik model Alena SHederova bilan jahon chempionatida g'alabaga erishganidan so'ng turmush qurishga qaror qilgan. Ularning ikki o'g'li – Luis Tomas va Devid Li bor. To'y 2011 yilda bo'lgan bo'lsa, 2014 yilda ular ajrashib ketishgan.

16. To'ng'ich farzandining ismi Kamerun terma jamoasi golkiperi Tomas N`Kono sharafiga qo'yilgan.

17. Ikkinchi o'g'li – Devid Li, “Van Halen” guruhi vakili Rotga havas qilib, shunday ism qo'ygan. Ushbu rok guruhi unchalik tanilmagan bo'lsa-da, toza ovoz sohibi Devid Li qaxramonimizning kumiri edi. Ana endi, Buffon yoshligida qanday musiqa tinglashni yoqtirganini bilib oldingiz.

18. Janluijjining uchinchi o'g'li – Leopoldo Mattia 2016 yilning yanvar oyida dunyoga kelgan bo'lib, u ikkinchi turmushidagi farzandi hisoblanadi. Uning ikkinchi ayoli teleboshlovchi Ilariya Damiko sanaladi.

19. “Parma”da Buffon “88” raqamda o'ynagan. U hazillashib “00” raqamini berishlarini ham so'ragan. Keyin Italiyaning evreylari noroziligi kelib chiqdi. O'sha paytlar neofashistlar "88" raqamini ishlatgan, shundan keyin Buffon "77" raqamni tanlaydi.

20. Buffonni “yaxshi yigitlar” bilan aloqasi borligida shubha qilishlariga yana boshqa sabablar ham bor edi. Jijji yoshligida Mussolini davridagi “Qo'rqoqlarga o'lim” iborasini futbolkasiga yozib olgan edi. Aytishlariga qaraganda, darvozabon bu yozuvni maktabda partaga o'yib yozilganini ko'rgan va o'sha payt uning manosini to'liq tushunib etmagan.

21. Buffon o'rta maktabni tamomlamagan, biroq keyinchalik yurist mutaxassisligi bo'yicha diplom sotib olgan. Buning uchun Jijjiga 4 yillik qamoq jazosi qo`llanilishi mumkin bo`lgan, lekin boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi Italiyada ham bunday muammolar tanish-bilish orqali hal qilish mumkinligi uchun qaxramonimiz “suvdan quruq chiqib ketgan”. Yani, u qamoqqa emas, balki jahon kubogi tomon yo'lga tushdi. 2004 yilda bo'lib o'tgan to'polonni jarima to'lab bosdi-bosdi qilib yuborgan edi.

22. Jijji – biznesmen! Buffonning bir nechta kichik tashkilotlari bor. Ulardan biri to'rt yulduzli mehmonxona, qator ko'chmas mulk, chang'i kurorti yaqinidagi tog' uyi va hokazalarga ega “xolos” qaxramonimiz. Ha, aytgandek, Buffonning mehmonxonasida rossiyalik “boyvochchalar” tez-tez kelib dam oladi. Sababi, uning mehmonxonasi plyajga yaqin bo'lib, velosipedlarni bepulga ijaraga berishi bilan ajralib turadi.

23. Karrara shahridan kelgan jamoa havaskor ligasidan bo'lganini ko'rgan Buffon akciyaning yarmini Kristiano Lukarelli bilan birgalikda sotib olgan va “Karrareze” klubiga ham moddiy tomondan yordam berib turgan. Ha, aytgandek, Janluijji shu klubning fanati bo'lib, vaqtiga qarab uning o'yinlariga ham borib turadi.

24. Buffon yoshligida juda to'polonchi bola bo'lgan. U jamoadagi eng xazilkash vakil edi. “Parma”daligida Nevio Skala tomonidan Jijji shunchalik ko'p jazolanganki, kam emas, ko'p emas bir yil tekinga o'ynashiga to'g'ri kelgan. Oylikning hammasi klub belgilagan jazoga ketar va futbolchining o'ziga hech nima qolmasdi.

25. Buffon o'n bor Italiya chempioni nomiga sazovor bo'lgan (ulardan ikkitasi olib qo'yishgan va keyinroq bittasini qaytarib berishgan), lekin sud qarorlarini inobatga olsak, «Yuventus» rekordchisini kutib oling. Etiborlisi, «Skudetto»ga bir necha bor ega chiqqan qator yulduzlardan farqli ravishda, Jijji barcha titullarni faqat bitta klubda qo'lga kiritgan.

26. O'n ikki bor Buffon «Oskar del Kalcho» sovriniga loyiq ko'rilgan. Bu mukofot Italiyada mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi. 1999 yildan –  2017 yilgacha eng yaxshi darvozabon nomini aniqlash juda zerikarli bo'lgan, sababi har uchta sovrinning ikkitasi Buffonga nasib qilavergan.

27. «Yuventus» B Seriyaga “surgun” qilinganida Buffonga ko'plab takliflar kela boshlaydi, xattoki qaysidir muddat darvozabon «Milan»ga o'tishga rozilik bermoqchi ham bo'ladi, ammo keyin fikridan qaytadi va turinliklar safida qoladi

28. Faoliyati davomida Buffon mingdan ziyod o'yinda maydonga tushadi, yubiley uchrashuv Albaniya termasi bilan o'yinga to'g'ri keladi. Ajoyib natija, ammo buning xayron bo'ladigan joyi ham yo'q. Sababi, Janluijji ikki asrdan buyon katta futbolda!

29. Janluijji  shunchaklik kuchli darvozabonki, uni bir vaqtning o'zida ham Betmen, ham Supermen deb chaqirishadi. Buffon o'z harakatlari bilan dunyo ahlini ko'p bor lol qoldirgani hech kimga sir emas.

30. Darvozabon bo'lishdan oldin Buffon yarim himoyada o'ynagan! U qanday yarim himoyachi bo'lganini bilmaymizku, lekin darvozabon rolida u ko'proq foyda keltirgani turgan gap. Aytishlariga qaraganda, Jiji otasining maslahatiga ko'ra, golkiper bo'lgan ekan.  

31. Nafaqat «Milan» balki «Bolonya» ham yosh Buffon uchun kurashni boy bergan. Lekin bu kurashda «Jenoa» juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lgan. Sababi sportchi yoshligida aynan shu klubga muxlislik qilgan. Ammo «Parma» uzoq o'ylab o'tirmadi, jamoa vakillari kelishadi va 15 million lira naqd to'lashadi. Keyinroq esa davrozabonni «Yuventus»ga 75 milliardga sotishadi – besh ming marotaba qimmatroqqa! Ana sizga ishbilarmonlik!

32. A Seriyadagi birinchi golini Buffon … CHiro Ferraradan, «Yuventus»ga qarshi o'yinda qo'yib yuboradi. Hayot qiziq, unda turli voqelar yuz beradi. Keyinroq bu ikkovlon bir jamoada ko'plab o'yinlar o'tkazishdi va undan ham keyin esa CHiro malum vaqt Janluijjiga ustozlik qildi.  

33. Albatta, yosh iqtidor egasini «Arsenal» sotib olishga yaqin edi. Arsen Venger so'zlariga ko'ra, u zamonaviy futbolning barcha yulduzlarini yoshligida ko'rgan va iqtidorini sezganu, ammo deyarli hammasini qo'ldan chiqargan. Buffon esa «Parma»da qoladi, oradan uch yil o'tib «Yuventus» safiga borib qo'shilish uchun qoladi.

34. Buffon A Seriyadagi debyut uchrashuvini «Milan»ga qarshi o'tkazadi. Raqib safida Roberto Bajjo va Vea bo'lishiga qaramay, kiper darvozasi dahlsizligini saqlab qoladi. Uning otasi Adriano tribunada o'tirib o'yinni tomosha qilarkan, “qo'shnilar”ga aytardi: «Anavi bolakayni ko'ryapsio'larmi, oradan besh yil o'tib u Italiya milliy termasi safida o'ynaydi». Jijining otasi adashgandi, u oradan ikki yil o'tib Italiya termasi safida debyut qildi!

35. Buffon UEFA turnirlarida 156 o'yin o'tkazdi. Ammo hozirgi kunda Voycex SHHesni darvozani egallaganini inobatga olsak, bu raqamlarni keskin o'zgartirish qiyin masala. Afsuski, afsonaviy darvozabon faoliyatini o'zi xohlagandek yakunlay olmayapti. Xayrlashuv uchrashuvini o'zi orzu qilgandek, yozda Rossiya maydonlarida o'tadigan Jahon CHempionatida o'tkaza olmaydigan bo'ldi. Hammasi «Yuventus»ning oxirgi o'yinida o'tadi endi…

36. Afsuski, Janluijji yana bir ajoyib futbolchi Paolo Maldini rekordini (A Seriyadagi o'yinlar soni bo'yicha) yangilay olmaydi. Darvozabon hisobida 629 ta o'yin mavjud, «Milan» afsonasi hisobida esa 18 taga ko'p. CHempionat yakuniga qadar hamma o'yinda Allegri Jijjini asosiy tarkibda tushirgan taqdirda ham, turlar etmaydi.

37. Qaysi italiyalik hayotini vinosiz o'tkazadi? Buffon ham o'z ishini yo'lga qo'yib ulgurdi, mahsulot nomini birinchi imkoniyatdanoq topib olsangiz kerak. Ha, vino – Buffon deb nomlangan. Oq, qizil, pushti, qisqasi istaganingizdan topiladi. Ko'rib turganingizdek, Pirloga bu sohada ham raqobatchi topildi.  

38. Tabiiyki, CHempionlar Ligasida «Yuventus» futbolchilaridan hech biri Buffonchalik ko'p o'ynamagan. O'tgan yil yarim finalda «Monako» bilan uchrashuv Jijji uchun faoliyatidagi yuzinchi o'yin bo'ldi. Ko'ramiz, bu rekordni yangilash uchun nechchi yil kerak bo'larkin. Axir zamonaviy futbolda sadoqat degan tushuncha yo'qolib bormoqda.

39. Janluijji “qo'y og'zidan cho'p olmagan”lardan emas. U hech qachon sho'x va xissiyotga beriluvchan ekanligini yashirmagan (buni «Yuventus»ning har bir golidan keyin ko'rishingiz mumkin). SHunchaki yillar o'tib, katta bo'lgan Jijji o'z salobatini bilib harakat qila boshladi. O'z vaqtida uni professional futbolchilarga taqiqlangan bir qator ishlarda ayblashgan.

40. Buffon hamon o'zini yoshi o'tgan, qarigan deb hisoblamaydi. Yaqindagina dam olish vaqtida mahalliy yigitlar bilan hech nima bo'lmagandek, ular Buffoning uzoq yillik tanishlaridek, futbol o'ynadi va “yulduzlik” kasaliga chalinmagani uchun alohida olqishlarga sazovor bo'ldi. Intevrlaridan birida qaxramonimiz professional faoliyatini 65 yoshda tugatishdan qo'rqmayotganini aytgandi. Keyinroq raqamlar o'zgardi va Buffon 80 yoshida ham zarur bo'lsa Italiya termasi va «Yuventus»ga yordam berishga tayyor ekanligini aytdi.

Nedved so'zlariga ishonsak, darvozabon faoliyatini yakunlash borasida yakuniy qarorga hali kelmagan. Nima bo'lganda ham, Buffonga professional faoliyatini yakunlaganidan keyin ham omad yor bo'lishini tilab qolamiz!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика