Timur Turdiev: "Bugungi o'yinda tajriba o'z so'zini aytdi"
28 iyu 2021 00:05
Yangiliklar
Timur Turdiev: "Bugungi o'yinda tajriba o'z so'zini aytdi"
O'yin haqida
- Avvalo "Neftchi" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bu o'yinda tajriba o'z so'zini aytdi. Mezbonlar birinchi bo'limning so'ngi daqiqalarida gol urib kiyinish xonasiga yaxshi kayfiyat bilan chiqib ketishdi. Ikkinchi bo'limda yigitlarimiz o'zlariga ishonmagandek tushishdi. Penalti belgilangan vaziyatda futbolchimiz golga nisbatan hohish bilan harakat qilgandi, ammo taqdir ekan, gol kiritilmadi. Takror aytaman, bu o'yinda tajriba o'z so'zini aytdi. "Neftchi" tarkibida bir qator Superliga havosini ko'rgan futbolchilar bor, shu sababdan ular bugun ustunlikka erishishdi.
- Bugun ikki xil bo'lim ko'rdik. Birinchi bo'limda "Aral-Samali" jamoasi yomon ko'rinmayotgandi, ikkinchi bo'limda bir oz bo'shashgandek tuyulishdi. Buni qanday izohlaysiz?
- Bugun bizga bir oz tajriba etishmadi. Aytib o'tganimdek, "Neftchi" tarkibida tajribali futbolchilar bor, ular bugun shuning hisobiga ustunlikka erishdilar.
- Yosh futbolchi Amirbek Abdraziev o'tgan mavsumda to'purar futbolchilardan edi. Uning bu mavsumda zaxirada qolayotganining sababi nima?
- Hozirgi kunda Amirbek Abdraziev bir oz sport formasida emas. SHu sababdan u zaxirada qolmoqda. Oldinda ikkinchi davra bor, bizda vaqt bo'ladi. Ikkinchi davraga boshqacharoq yondashamiz.
- Ikkinchi davrada jamoada o'zgarishlar bo'ladimi? "Aral-Samali" Superliga yo'llanmasi uchun kurashadimi?
- Hozirda bizni jamoani har tomonlama mukammal xolatga keltirish vazifasi turibdi. Biz nasib bo'lsa bosqichma-bosqich shakllanib kelajakda Superligada ham o'ynaymiz degan umiddamiz.
Fikrlar