So’nggi yangiliklar

11:25Осиё Кубогига тайёрланаётган Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бугундан йиғинга киришади  2 11:02Ўзбекистон U-18 Россия ёшлар термаси билан тўқнаш келади  1 10:43ЕЧЛ. Opta жамоаларнинг 1/4 финалга чиқиш имкониятларини баҳолади   11 10:08Равшан Ҳайдаров Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  11 09:53Расман. Аргентина U-23 терма жамоаси собиқ аъзоси ЦСКА билан шартнома тузди  2 09:27ФИФА томонидан аёллар терма жамоаларининг янгиланган рейтинги эълон қилинди  0 08:58МЮ жорий мавсум ушбу натижани қайд этган ягона жамоа  2 08:31Sofascore. Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди  7 08:00Бугун Суперлига-2025 мусобақасига старт берилади  2 07:27Элдор Шомуродов кечаги учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  12 02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  101 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  2 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  13 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  1

Har ishda bir hikmat bor Yangiliklar

Har ishda bir hikmat bor

O'zbekiston milliy terma jamoasining yanvar oyida Qatarda o'quv-mashg'ulot yig'in tashkil etgani turli gap-so'zlarga sabab bo'ldi.

Birinchisi, terma jamoaning yig'in o'tkazgani bilan bog'liq. Ikkinchisi, bosh murabbiy o'zgargani bilan. Bilasiz, har yil yanvar-fevral oylarida klublar yangi mavsumga hozirlik olib boradi. Va qachonki terma jamoa ham yig'in o'tkazsa, buning atrofida turli gaplar ko'payadi. Masalan, terma jamoa nima uchun yig'in o'tkazishi kerak, unda FIFA kunlari nimaga berilgan, terma jamoa FIFA kunlarida yig'ilgani yaxshi emasmi va hokazo. Kimdir terma jamoa ham yig'in o'tkazib turishi kerak, bu ham futbolchilarga, ham murabbiylarga foyda degan fikr bilan yuradi.

Bu o'rinda har ikki tomonni birdek eshitib, har ikki tomonga quloq solsa bo'ladi. To'g'ri, terma jamoa FIFA kunidan tashqarida yig'ildi, klublar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshlagan bir paytda o'yinchilarni chaqirib alohida yig'in va bitta o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etdi. Klublarning bunga etiroz bildirishga haqqi bor. Lekin ikkinchi tomondan terma jamoa yig'ini mavsumga tayyorgarlik ayni qizigan paytga to'g'ri kelmadi. Odatda klublar uchun fevral hozirlikning hal qiluvchi bosqichi hisoblanadi. Yanvar esa ko'pincha selekciya ishlari, yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzish kabilar bilan o'tib ketadi.




SHu tomondan olib qaralganda agar terma jamoa fevral oyida yig'in o'tkazganida keskin tanqid qilsa bo'lardi. Lekin yanvardagi yig'inning salbiy tomonlari ko'rinmayapti. Aftidan 20-31 yanvar kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasining xorijda yig'in o'tkazishi ancha oldin, aytaylik o'tgan yil noyabr oyida reja qilib qo'yilgan bo'lishi mumkin. Biz noyabrda ikkita o'yinda maydonga tushdik va shundan so'ng murabbiylar o'z rejasini O'FAga taqdim etgan va bu rejadan yig'in ham o'rin olgan bo'lishi kerak. Natijada O'FA ham shu reja asosida ish olib borgan.

Reja shunday bo'lganki, yanvarning oxirgi o'n kunligida yig'in o'tkaziladi va bunda faqat mahalliy futbolchilar ishtirok etadi. SHu orqali murabbiy mahalliy futbolchilarni ko'zdan kechirib olishni maqsad qilgan, buning ustiga Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishi ham ayni muddao bo'lgan. CHunki futbolchilarni sinab ko'rish uchun faqat mashg'ulotning o'zi kamlik qiladi. Baribir ko'p narsa o'yinda ko'zga tashlanadi.

Mayli, yig'in tashkil qilindi, tarkib ham elon qilindi deylik, lekin terma jamoaga chaqirilgan aksar futbolchilar martdagi ikkita o'yin payti terma jamoa tarkibida bo'lmaydi-ku degan savolning o'rtaga tashlanishi katta xato bo'ladi. Avvalo kimni chaqirishni bosh murabbiy hal qiladi. Ikkinchidan, falonchi baribir rasmiy o'yinlarga chaqirilmaydi deyish bu o'sha futbolchiga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.




Ishonchsizlik futbolchiga ham tasir qilib, uning o'zida men terma jamoaga tortmasam kerak degan hadik paydo bo'ladi. Bir narsani unutmang, biz qachonki sportchini sen zo'rsan, ishlasang albatta o'zingni ko'rsatasan deb gapirsakgina o'yinchilarda o'ziga bo'lgan ishonch ortadi. Bu bilan hammani yoppasiga maqtash kerak demoqchi emasmiz, faqat murabbiy o'yinini hurmat qilib terma jamoaga chaqirdimi, OAV bilan muxlislar ham hurmat qilishni, kerak paytda iliq gap aytishni o'rganishi kerak.

Futbolchi terma jamoaga tortadimi-yo'qmi, buni murabbiy hal qiladi. CHunki natijaga murabbiy javob beradi. To'g'ri tushunib turibmiz, chindan ham ertaga rasmiy o'yinlarda asosan legionerlar terma jamoa o'zagi bo'ladi, lekin futbol jarohat, kartochka yoki boshqa sabablardan holi emas. Kimdir jarohat olib qolishi mumkin, kimdadir kartochka paydo bo'ladi, kimdir ko'ngildagidek o'ynay olmaydi, shunda yordamchi kuchlar, yani kechagi yig'inda qatnashgan futbolchi etib keladi. Ular ham o'zlarini terma jamoaning bir bo'lagi deb his qilishi uchun bu yig'in tashkil qilindi deyish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Klublarning yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishi hech qachon qolib ketmaydi va bir-ikki futbolchi yig'inda vaqtincha qatnashmay tursa bu bilan hech nima o'zgarib qolmaydi. Jahon chempionatiga saralash o'yinlarining ekvatoridan o'tdik va buyog'iga to'rtta o'yin qoldi. Mana shu to'rtta uchrashuvni yuqori kayfiyatda o'tkazish uchun ham hech nimani etibordan chiqarmaslik lozim. Keling, shu o'yinlarni yana bir bor yodga olib o'tsak.

20 mart. O'zbekiston - Qirg'iziston
25 mart. Eron - O'zbekiston
5 iyun. BAA - O'zbekiston
10 iyun. O'zbekiston - Qatar




O'FA milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy etib Timur Kapadzeni tayinlashi ham kutilmagan voqelik bo'ldi. Ko'pchilik Srechko Katanec o'z vazifasini oxirigacha etkazib qo'ysa kerak degan taxminda edi. Ammo murabbiyning sog'ligi bunga yo'l bermadi. Jiddiy kasallik bilan kurashib kelayotgan sloveniyalik murabbiy o'z xohishiga binoan terma jamoani tark etdi. Yanvardagi yig'inda shaxsan Katanecning o'zi jamoa bilan Dohada bo'lishni maqsad qilgandi, ammo nailoj sog'lik har narsadan ustun.

Natijada O'FA tezkor qaror qabul qilishi kerak bo'lib qoldi va bir nechta murabbiylar bian muzokara olib borgach, yakunda Timur Kapadze nomzodi ustida to'xtaldi. Kapadzening tayinlanishiga asosiy sababchi matbuot deganlar ham topildi. To'g'ri, matbuot Katanec sog'lig'i joyida emas, nimadir qilmasak Jahon chempionatidan quruq qolamiz, axir mundialga har doimgidan ham yaqinmiz deb bong urgan bo'lishi mumkin, ammo hech qachon Katanec ketsa faqat Kapadze bo'lishi kerak deb agitaciya qilgan emas.

Kapadzening bosh murabbiy etib tayinlanishi to'liq O'FA qarori bilan bo'ldi deya olamiz. Agar matbuot tasiri bilan bosh murabbiy o'zgarib, Katanec atayin ketkazilganida O'FA xorijlik murabbiyga katta miqdorda kompensaciya to'lashiga to'g'ri kelardi va bu erda gap kichkina pullar haqida bormayapti. Katanec o'zi kompensaciyadan voz kechib, o'z arizasiga ko'ra ketishini malum qildi va bu qarorni O'FA ham qo'lladi.

Bu o'rinda siz-u bizdan faqat yangi murabbiyni qo'llab-quvvatlash va terma jamoaga bo'lajak o'yinlarda omad tilash qolyapti. Axir jamoani kim Jahon chempionatiga olib chiqishi unchalik muhim emas-ku. Buyog'iga faqat to'rtta o'yin qolganini hisobga olsak, diqqatni bir joyga jamlab shu o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish kerak. Hozir terma jamoa atrofida intriga paydo qilishning mavridi emas. Bu faqat zararga ishlaydi. Hammamiz birlashib o'z maqsadimizga erisha olamiz. Intriga va bahs-munozaradan faqat raqiblar foydalanib qolishini unutmaylik.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

+5   
04 fev 16:08:40
Grand Grand
Заказ макола Катанецни нима куллаб макола килинмаган ютуклари куб эдику
+3   
04 fev 18:12:21
Jamik Eshnazarov
Bitta narsani aniq aytamanki Katanetsni chopishga asosiy sababchilardan biri Nodirmi Xojanodirmi oshani ob kelib qoyish kerak, kal boshini qashib murabbiyga negativ bildirishdan boshqasiga yaramaydi.....atak hali ham kech emas Kopadzeni olib Katanetsni yordamchisi Aliesh Chexni oziga topshirish kk yermani
+2   
04 fev 20:14:43
Maxamadjon Abdullayev
Qilar ishni qilib bo'lib endi suparishlab baxonalar seriyasini boshladingizmi. Futbol muxlislarini lox deb o'ylaysizlar shekili. Unutmang! Agar futbol milliy terma jamoamiz mundialga chiqa olmasa bunga sabab 100% sharxlovchilar va chala blogerchalar sababchisizlar. Katanes bolmasa xam uning yordamchilari olib chiqishi aniq edi mundialga. Tasavvur qilyapsizlarmi to'y qilaman deb narmalni uyni buzib yangi uy qurmoqchi bolyapsizlar. Uje qurilgan uyni buzishni boshladingiz. Sog'lom odamni kasalsan deb 3 kishi aytsin shu odam kasal boladi. Butun media Ktanesni kasalsan deb ovoza qildilaring. Hartugul baquvvat ekan o'lib qolmadi bechora. Endi ix qip qoyganlaringni qancha berkitma baribir sasiyveradi. O'zlaringa o'zlaring qildilaring. Endi baxona qilmalaring. Agar trenerga to'lashga pullaring qolmagan bo'lsa muxlislarga aytlaring edi yig'ib berar edik. Kimlardir chin yurakdan hohlamayapti shekili mundialni. Nima bo'lganda ham mundial armon bo'lib qolmasligi kerak. Shuncha ish qilinganda oxiriga yetkazish kerak Ulkan rejalar oldida "chala homilador bo'lib bo'lmaydi" degan edi Marks. Bu gaplarim egasini topib oladi degan umiddaman.
+2   
04 fev 18:10:19
Jamik Eshnazarov
Azizбек Азиз foydalanuvchining fikriga javob berish
Моколани утказиб ким калам тебратганига эьтибор каратдим. Х. Холиков. Тугриси укимадим. Заказной булса керак. Укиганлар борми
Boshini oqidim qarasam tuturuqsiz boshlanish, ortarogidan oqidim mantiq yoq mulohazalar, umuman keraksiz malumotlar.....
+2   
04 fev 17:29:32
Azizбек Азиз
Моколани утказиб ким калам тебратганига эьтибор каратдим. Х. Холиков. Тугриси укимадим. Заказной булса керак. Укиганлар борми
+2   
04 fev 17:00:17
Александр Гейнрих
Алвидо жч 2026
+2   
04 fev 16:07:33
Grand Grand
Заказ макола Катанецни нима куллаь
+2   
04 fev 16:00:45
Anonim.nukus
Афтидан тепадагилар хохлашмайди жч чикишни булмаса Кападзени эмас, бошқа хориж мураббий куярдик. Кападзе сичади аниқ, сценарий шундай )))
+1   
04 fev 18:39:25
Жасурбек Фазилов
Jamik Eshnazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bitta narsani aniq aytamanki Katanetsni chopishga asosiy sababchilardan biri Nodirmi Xojanodirmi oshani ob kelib qoyish kerak, kal boshini qashib murabbiyga negativ bildirishdan boshqasiga yaramaydi.....atak hali ham kech emas Kopadzeni olib Katanetsni yordamchisi Aliesh Chexni oziga topshirish kk yermani
Тугри фикр билдирдиз..Уша братишка ни кулидаги чупаги Билан тренер килиб куйиш керак
   
06 fev 11:41:17
Odilbek Abdushukurov
Har safar jahon chempionatidan quruq qolishimizda ham hikmat bor.
   
05 fev 01:03:15
Санжар
Аввало Копадзени узи термага тортмайди. Чакирилган уйинчиларку уз йулига.
   
05 fev 00:24:09
Mirjalol!
Azizбек Азиз foydalanuvchining fikriga javob berish
Моколани утказиб ким калам тебратганига эьтибор каратдим. Х. Холиков. Тугриси укимадим. Заказной булса керак. Укиганлар борми
Ёлғиз эмассиз. Негадир Х.Холиқов мақолаларини ўқисам қорним дам бўлади))

   
04 fev 22:37:54
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Хафа бўлманглар нимага буни қўйишди ким
   
04 fev 21:54:23
Futbol Uchun
Бизни қўлимиздан нима ҳам келарди.Мураббий ким бўлишидан қатъий назар ватан жамоасини қўллашда давом этамиз.Тимур қолган ўйинларда амаллаб ЖЧ олиб чиқа олса керак.ЖЧ чиққач бош мураббий масаласини кўриб чиқса бўлади,чунки вакт етарли бўлади.
   
04 fev 18:44:03
Xan
Андово сувок килибсизда Хайрулажон ) зур гап йук чикибди )
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика