So’nggi yangiliklar

19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  3 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   3 17:47Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0 (матнли трансляция)  28 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  0 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  3 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  4 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  20 15:00Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Қозоғистон футбол федерацияси раҳбарлари учрашуви бўлиб ўтди  2 14:40"Андижон", "Нефтчи" ва "Пахтакор"га турли сабабларга кўра жарима солинди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  7 14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  19 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  2 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  8

PFLga murojaat. Pro ligadagi sukunat qachon tugaydi? Yangiliklar

PFLga murojaat. Pro ligadagi sukunat qachon tugaydi?

Teglar :  Pro liga
Superliga jamoalari taraddudning qizg'in pallasida turishibdi. Qura tashlash marosimidan so'ng esa ishlar ancha engilashishi tabiiy.

Endi kun tartibiga Pro liga chiqmoqda. 

Hozirgacha aniq bo'lgan jamoalar

Jamoalar soni oshirilishi va "Metallurg"ning Superligada ishtirok etmasligi ortidan Pro ligadan elitaga chiqqan jamoalar soni 5 tani tashkil qildi. Bular "Buxoro", "Mashal", "SHo'rtan", "Qo'qon-1912" va "Xorazm". Natijada quyida jamoalar taqchilligi kuzatildi va bunda PFL reglament bo'yicha Birinchi ligada g'olib chiqqan "Nasaf-Farm" jamoasiga yuzlandi. Klub esa o'z maqsadi va rejalarini malum qildi. "FarDU" birinchilikning SHarqiy mintaqasini 2-o'rinda yakunlab, pley-off bosqichida o'ynash huquqini qo'lga kiritgandi. Toshkent mezbonlik qilgan pley-off o'yinlarida universitet jamoasi 3-o'rinni egalladi. 2-o'rinni egallagan "Qiziriq" licenziya talablariga javob bera olmas edi. PFL licenziyalash talablariga ko'ra "Jayxun" jamoasiga ham Pro ligada qatnashishga ruhsat berdi va biz bu yil Nukus derbisiga guvoh bo'lamiz. "Olimpik" esa yana katta yo'lga qaytmoqda. Jamoa ishtirokini Pro ligada davom ettiradigan bo'ldi. "Lokomotiv" musobaqa g'olibligi uchun asosiy favorit bo'lsa, unga kuch jihatdan "Aral" raqobat tug'dirishga harakat qiladi. Quyidagi ro'yxatdan malumki, Pro ligada qatnashadigan 6 ta jamoa nomi aniq. Lekin bu juda kam va intrigasiz chempionat bo'lib qolishi aniq. Xo'sh, PFL yana 2 ta jamoa sifatida qaysi klublarga imkon beradi? Hozirgi jamoalarga qarab turgan holda g'olibi aniq chempionat deya olamiz. Aslida ham shunday va intriga deyarli yo'q. Men o'sha 2020 yilgi Pro ligani hamon zavq bilan eslayman. O'yinlar ilk bor translyaciya qilingan, intriga oxirgi turgacha saqlanib qolingandi. "Turon" kashfiyot jamoa sifatida diqqat markaziga kirib keldi. O'yinlarda shiddat oshdi. Balki bu yil yana avvalgi darajaga qaytilar. Ammo karvon katta yo'lga chiqishidan oldin undagi ishtirokchilarni to'liq aniqlab olish kerak.

"Lokomotiv"

"Aral"

"Olimpik"

"Olimpik Mobiuz"

"Jayhun"

"FarDU"


Qura qachon tashlanadi?

1 fevral kuni Superligaga qura tashlandi va mavsum rasman 7 mart sanasidan boshlanishi belgilandi. Endi jamoalar xotirjam tayyorgarlikni qilishlari, klub vakillari tashkiliy ishlarni bajarishga kirishishlari mumkin. Transportni avvaldan taxt qilish, mehmonxona, chiptalar va hokazo. Kim qaerda o'ynashi, qaysi manzilga joylashishi kabi atrofdagi muammolar quradan so'ng barham topadi deb o'ylayman. Xo'sh, Pro liga jamoalari tayyorgarlikni qilishmoqda, xo'p. Lekin ular mavsumni qachon boshlanishi, kim bilan o'ynashlari, safarda yoki uyda kabi masalalar Pro liga klublarini o'ylantirishi shubhasiz. PFL esa hozir faqat nazorat uchrashuvlari va ro'yxatdan o'tayotgan futbolchilar haqidagi malumotlar bilan cheklanmoqda, xolos. Aslida ishtirokchilar mazkur musobaqa uchun 8 ta ham kam hisoblanadi. 6 ta bilan esa musobaqa o'tkazib bo'lmaydi. 8 talik formatda chempionat qaysi tartibda o'tkaziladi? O'tgan yilgi kabi 4 davralimi? 


Pro liga jamoalarining yangi mavsumga tayyorgarligi

"Lokomotiv" rejasiga ko'ra, Toshkentda tayyorgarlikni yakunlaydi va Antaliyada mashg'ulotlar davom etadi. Jamoa tarkibida o'zgarishlar etarlicha. Tark etganlar va kelganlar ko'pchilikni tashkil qiladi. SHukron Yo'ldoshev va Farhod Bekmurodov avvaliga "temiryo'lchilar" bilan shartnoma imzolab, keyinchalik boshqa jamoalar safiga borib qo'shildi. Pro liga jamoalari orasida faqat "Loko" xorijda yig'in o'tkazadi. 

Kelganlar: Levan Arveladze, Xudoyshukur Sattorov, Davron Hoshimov, Rahimjon Davronov, Momchilo Rasho, Bobur Asqarov, Nikola Popovich, Akaki SHulaya, Muhriddin Zoirov, Artyom Marchuk, SHahzodbek G'ofurbekov

Ketganlar: Sanjar Tursunov, Suhrob Sultonov, Abdumavlon Abdujalilov, Ivan Rogach, Valeriy Kichin, Sardor Abdunabiev, Dilshod Jo'raev, Timur Mamasidiqov, Konstantin Bazelyuk, Rustam Xolnazarov, Muhammadanas Hasanov, Mixail Gashenkov, Sobit Sindarov

"Aral"

Nematillo Qutiboev shogirdlari 10 yanvar sanasidan mashg'ulotlarni boshladi. Jamoa tarkibi o'zagi saqlanib qolingan. Bobur Farhodov va Mirzabek Daryabaevni ro'yxatdan o'tkazdi. Bugundan etiboran yig'in Toshkentga ko'chdi. Poyxatdagi yig'in doirasidagi nazorat uchrashuvlari malum. 

4 fevral 

"Aral" - "Qizilqum"

7 fevral

"Aral" - "Dinamo"

11 fevral

"Aral" - "Mashal"

13 fevral

"Aral" - "SHo'rtan"


"FarDU"

Bu yil Pro ligada debyut qiladigan "FarDU" tarkibiga tajribali va nomdor futbolchilarni qo'shib olmoqda. Abdulloh Olimov, SHukurali Po'latov, jamoada esa Abduxoliq Qurbonov, Riza Ayvazov, Ibodjon Abelfazov, Sanjar Zokirov, Doston Rashidov, Nozimjon Bobojonov futbolchilar tzp tepmoqda.

"Olimpik"

"Olimpik" jamoasi odatdagidek yoshlarga tayanishda davom etmoqchi. Ularga avstraliyalik Mirko Yelichich ustozlik qiladi. Taniqli murabbiy o'tgan yili "Paxtakor" o'rinbosarlari bilan U-21 chempionatida g'olib chiqqan, 2023 yil "Lokomotiv"ni Superligaga qaytargandi. Bir so'z bilan aytganda o'z oldiga doim maksimal vazifani qo'yadigan mutaxassis hisoblanadi. Hozircha bu jamoaning qachon tayyorgarlikni boshlashi, tarkibi aniq emas. 

"Olimpik Mobiuz"

Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoydagi qita musobaqasida ishtirok etadi. Tabiiyki, mazkur terma jamoa tarkibida "Olimpik Mobiuz" futbolchilari ham o'rin olgan. Qolgan tarkib azolari Andrey Miklyaev qo'l ostida tayyorgarlikni olib boryapti. Ular kuni kecha OKMK o'rinbosarlari bilan kuch sinashdilar (2:1). 

"Jayxun"

Bu jamoaga yangi mavsumda Oybek Nurboev boshchilik qiladi. "Jayxun" yangi mavsumga Nukusda tayyorlanmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика