Rasman: Rustam Turdimurodov yangi mavsumni ham "Andijon"da o'tkazadi
04 fev 17:04
Yangiliklar


Rasman: Rustam Turdimurodov yangi mavsumni ham "Andijon"da o'tkazadi
O'tgan mavsumda yosh hujumchi andijonliklar safida debyutini o'tkazgandi.
Mavsum davomida 24 ta o'yinda 9 ta gol muallifiga aylangan Rustam Turdimurodov yangi mavsumni ham "Andijon" tarkibida o'tkazadigan bo'ldi.
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
"O'tgan yili “Paxtakor”dan ijaraga olingan futbolchi 2025 yilgi mavsum uchun yana bir yilga ijaraga olindi va u bilan yangi shartnoma imzolandi.
Umid qilamizki, yangi mavsumda ham Turdimurodov o'zining to'purarlik mahoratini namoyish qilgan holda jamoamizning g'alabalariga munosib hissasini qo'sha oladi", - deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar