So’nggi yangiliklar

00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  0 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  4 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  29 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  18 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  125 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1

APL. "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Siti"ga 5ta gol urdi, Abduqodir Husanov maydonga tushmadi Yangiliklar

APL. "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Siti"ga 5ta gol urdi, Abduqodir Husanov maydonga tushmadi

Angliya Premer ligasi 24-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

O'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvni zaxirada boshlaydi.

"Arsenal" – "Manchester Siti" 5:1

2 fevral, 21:30 | "Emireyts"

Gollar: 1:0 – 2 Edegor, 1:1 – 55 Xoland, 2:1 – 56 Parti, 3:1 – 62 Lyuis-Skelli, 4:1 - 76 Xavertc, 5:1 – 90+3 Nvaneri.

Arsenal – Rayya, Gabriel, Saliba, Lyuis-Skelli, Timber, Rays, Parti, Edegor (Merino, 84), Trossard (Nvaneri, 84), Xavertc, Martinelli.

Manchester Siti – Ortega, Gvardiol, Stounz, Akandji, Mateush Nunesh, Kovachich, Bernardu Silva, Savio, Marmush (de Bryuyne, 72), Foden (Makati, 72), Xoland.

Ogohlantirish: Timber (25), Edegor (71).

Arsenal

Martin Oedegaard - 2', Thomas Partey - 56', Myles Lewis-Skelly - 62', Kai Havertz - 76', Ethan Nwaneri - 90'

Premier League . 24-tur

02/02/2025, 21:30

1
:
5
Tugadi

Manchester City

Erling Haaland - 55'

Stadion: Emirates Stadium, 60355 tomoshabin

Bosh hakam: Peter Bankes

45'
90'
2'  Martin Oedegaard
2'  Kai Havertz
25'  Jurrien Timber
56'  Thomas Partey
62'  Myles Lewis-Skelly
62'  Declan Rice
71'  Martin Oedegaard
76'  Kai Havertz
76'  Gabriel Martinelli
84'  Leandro Trossard (Ethan Nwaneri)
84'  Martin Oedegaard (Mikel Merino)
90'  Myles Lewis-Skelly (Riccardo Calafiori)
90'  Kai Havertz (Raheem Sterling)
90'  Ethan Nwaneri
90'  Declan Rice
55'  Erling Haaland
55'  Savinho
72'  Phil Foden (James McAtee)
72'  Omar Marmoush (Kevin De Bruyne)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Abduqodir Husanovni bugun ko'rmadik va mana "Siti" beshtani qabul qildi.

90+3. GOL! Nvaneridan supergol! Unchalik murakkab zarba bo'lmagandi. SHunchaki to'rttadan keyin Orteganing ham kayfiyati bir pul bo'lgan ko'rinadi.

O'yinga 5 daqiqa qo'shildi.

89. Qanotdan to'p uzatildi. Akanji to'pni burchakka chiqarib yubordi. Burchakdan uzatilgan to'pni Timber darvozaga kiritib yuborishiga bir bahya qoldi.

86. "Arsenal" muxlislari "Ole" o'yinini boshlab yuborishdi.

"Siti"ning chap qanotiga bugun "xush kelibsiz" deb yozilgan. O'sha gap, Gvardiol hujumga o'tganda hech kim chap qanotni yopmayapti. Natijada "Arsenal" bundan zo'r foydalanmoqda. Yoki Gvardiolni yarim himoyaga qo'yib, himoyaga boshqani tashlash kerak yoki Gvardiolni umuman hujumga chiqarmaslik kerak edi. Gvardiolaning faoliyatida jiddiy pasayishni ko'ryapmiz. SHarhlovchi ham Husanovning tushishi tarafdori.

76. GOL! Xavertc hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

72. Foden va Marmush o'yindan olindi. Kevin de Bryyune hamda Makati o'yinga qo'shildi.

"Siti"da ikki futbolchi maydonga tushadi. Ular orasida biz kutgan inson yo'q.

68. ZARBAAAAAAAAA!!! ORTEGAAAAAAA!!! Martinellining zarbasini Ortega qiyinchilik bilan qaytardi!

66. Gvardiol yana yashirin hujumchi rolida. Bu Gvardiolaning xatosi. "Arsenal" kabi raqiblar oldida bunday qilish kerak emasdi. Yoki  yana bir himoyachini o'yinga tashlashi kerak edi.

62. Hammasi tamom-mi... Lyuis-Skelli farqni oshirdi.

57. Ha, do'stlar, "Siti"ning golini nishonlashga ulgurmadik ham. Foden to'pni yo'qotdi. Partining zarbasi Stounzga tegib, darvozaga kirib ketdi... 

55. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Qanotdan uzatilgan to'pni Xoland darvozaga joyladi!

50. Marmush hujumga o'tdi. Ayni damda APLning eng zo'r himoyachisi bo'lib turgan Saliba undan to'pni osonlik bilan olib qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus! Ikkinchi bo'limda Abduqodirni kutamiz

44. ZARBAAAAAAAA!! Savinoning kuchli zarbasini Rayya qiyinchilik bilan qaytardi!

42. XAVFLIIII!!!! "Siti"ning chap qanotidan havolatib uzatilgan to'pga Bernardu bo'sh qolgan darvozaga zarba yo'llashi mumkin bo'lgandi. Darvozabonning to'pga teginishi golni yo'qqa chiqardi.

41. "Siti" hujumda. Qanotdan uzatmaga Xoland zarba berdi. Muvaffaqiyatsiz.

Kommentdagi bir gap to'g'ri, APLda bir necha yildan beri o'ynayotgan futbolchilar xato qilmoqda. Abduqodirning xatosi esa unutilib ketadi, albatta.

Qoyil qoldirgan jihat, Abduqodir tezda APL nazariga tushgani bo'lmoqda.

35. Bizga 15 soniya davomida Abduqodirni ko'rsatishdi. Bu uning maydonga tushirilishi kerakligiga ishora bo'lsa kerak.

32. Marmushning burchakdan uzatmasidan keyin "shaharliklar" futbolchisi to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Rayya to'pni ushlab oldi.

28. Bernardu va Edegor havodagi to'p uchun kurash olib bordi. Portugaliyalik biroz qo'pol o'ynagan shekilli, Martin maydonga yotib oldi.

26. UXXXXXXXX!! Ortega nimalar qilyapti! Uning xatosidan keyin hisob o'zgarishi mumkin bo'lgandi. Xavertc bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi.

23. UXXXXXXXX!! Burchakdan uzatilgan to'pga Gvardiol boshi bilan zarba yo'lladi. Rayya zo'r reakciya ko'rsatdi. To'p ustunga tegib, maydonga qaytib ketdi.

21. "Siti" o'yinni raqib yarim maydoniga ko'chirdi, lekin hozircha vaziyatlar yo'q.

15. So'nggi daqiqalar mobaynida "Arsenal" to'p bilan ko'p bo'lmoqda.

Husanovni asosiy tarkibga qaytaring, deb yozdi bir telegram kanal)

10. "Arsenal" yana hujumga o'tdi. Xavertc offsayd holatida.

6. GOL! Martinelli hisobni o'zgartirgandi. Offsayd. Ha, yaqqol. "Siti" himoyasi "proval" holatda.

"Setanta" sharhlovchisi (ismini bilmadim) o'tgan turda "CHelsi" urgan golni Abduqodir Husanovning xatosi emas, Akanjining ham aybi bor deb aytdi. Pozicion olganda Akanji darvoza tomonda bo'lishi kerak edi deydi.

2. GOL! Akanjining qo'pol xatosidan keyin Rays to'pni egallab oldi va Xavertcga oshirdi. Kay esa Edegorni topdi. Martin bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

1. Ilk daqiqadanoq "Arsenal" hujumga o'tdi. Xavertcning zarbasini Ortega ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni afsonaviy "Emireyts"ga qaratamiz. Ushbu stadionda O'zbekistonning eng ko'p muxlisga ega jamoasi mehmon bo'ladi. Markaziy bahs startiga oz vaqt qolmoqda!

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика