So’nggi yangiliklar

09:00"Олтин тўп"га асосий даъвогар футболчи жароҳат олди  0 08:32Яна бир терма жамоа ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  4 08:03Валерий Кичин: "Ҳалол ўйин бўлишини истардим"  18 07:36Ўзбекистон Қирғиз Республикасига ҳеч қандай имконият қолдирмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  2 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  8 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  7 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  1 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  1 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  37 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1

Timur Kapadze: “Xitoyni yutsak, Janubiy Koreya bilan haqiqiy jang bo'ladi” Yangiliklar

Timur Kapadze: “Xitoyni yutsak, Janubiy Koreya bilan haqiqiy jang bo'ladi”

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi va Toshkentning “Lokomotiv” klubi sardori Timur Kapadze chempionat o'yinlari va Jahon chempionati saralash bahslari haqida intervyu berdi.

-  "Metallurg"ga qarshi uchrashuvda 2:1 hisobida g'alaba qozondinglar. Bekobodliklar "Lokomotiv" uchun noqulay raqib hisoblanadi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv qanchalik qiyin bo'ldi?

-  To'g'ri “Metallurg”ga qarshi ham doim kurashlarga boy qiyin uchrashuv bo'lgan. G'alaba qozonish biz uchun oson bo'lmadi. Birinchi bo'lib hisobni ochganimiz biz uchun foydali bo'ldi. Raqib darvozasiga ikkinchi golni urganimizdan so'ng g'alaba qozonishimizga shubha qolmadi.

-  Bu yilgi chempionatimiz qay darajada o'tmoqda deb o'ylaysiz?

-  Bu yilgi chempionatimiz ancha qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tmoqda. Boshlanishidan “Dinamo” keyin “Qo'qon-2912” hozir esa “Buxoro” klubi bizni taqib qilib kelmoqda. Bizga qaraganda qolgan jamoalarda ochkolar farqi unchalik katta emas. Bu esa chempionatda qizg'in kurash bo'layotganining isboti.

-  Oldimizda turgan Xitoy terma jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan qanday fikr bildirasiz? Biz Marchello Lippi boshqarayotgan terma jamoani mag'lub eta olamizmi?

-  To'g'ri, milliy terma jamoamizni ikkita muhim o'yinlar kutmoqda. Meni fikrimcha hozirda eng muhimi bu Xitoy terma jamoasi. CHunki mehmonda g'alaba qozonsak bizni 5 sentyabr kuni haqiqiy jang kutadi. SHu jumladan hozir hamma kuchni va bor etiborni Xitoy bilan bo'ladigan o'yinga qaratish zarur. Xitoy terma jamoasini Toshkentda mag'lub etganmiz, terma jamoamiz ulardan har taraflama ustun ekanligini ko'rdik. Lekin hozirgi kunda Xitoy terma jamoasi yangi murabbiy qo'l ostida bizga qarshi qanday o'yin ko'rsatishini hech kim oldindan aytib bera olmaydi. O'zbekiston terma jamoasi faqat g'alaba haqida o'ylashi kerak va safardan 3 ochko bilan qaytish kerak. O'z uyimizda esa Janubiy Koreya bilan bo'ladigan uchrashuvda muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi bilan koreyaliklarni mag'lub etamiz. CHunki men futbolchilarimizga ishonaman. Ularni har doim qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Terma jamoamizga oldinda turgan ikkin o'yinda omad tilayman. 



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика