So’nggi yangiliklar

21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  7 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  149 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  6 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  35 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  19 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  28 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6

Timur Kapadze: "O'yinni nazorat qildik, lekin natija bizning foydamizga bo'lmadi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'yinni nazorat qildik, lekin natija bizning foydamizga bo'lmadi"

Soca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yindan avval "Bunyodkor"ni o'rganib chiqqan edik va bugun yaxshi o'yin namoyish etdik. O'yinni nazorat qildik, lekin natija bizning foydamizga bo'lmadi. Qizil kartochka ham bizga ustunlik berdi. Ammo biz hisobni yiriklashtira olmadik. Raqib o'yinning oxirgi qismida hujumga zo'r berishi aniq edi. G'alabani qo'ldan chiqardik. Mayli, shunday hisob qayd etildi. Xatolar ustida ishlaymiz va ushbu vaziyatni o'rganib chiqamiz", – dedi Kapadze.



- "Olimpik" 70 daqiqa o'yinni nazorat qildi. Keyin esa o'yin tempini tushirib yuborish natijasida raqibga hujumga o'tishga imkoniyat berdi. Ushbu holat asosiy tarkib futbolchilarining terma jamoadan qaytganidan keyingi charchoq alomatlari bilan bog'liqmi? Sababi "Olimpik" tarkibidagi terma jamoaga jalb etilgan futbolchilar va klubda qolgan futbolchilarning jismoniy holatidagi farq sezilib qoldi...

- Biroz charchoq alomatlari bor, lekin yigitlar baribir yaxshi o'yin namoyish etishdi. Vaziyatlarimizdan foydalanganimizda masala ijobiy hal bo'lardi. "Bunyodkor" ham yaxshi jamoa va ular buni isbotlashdi. Ushbu holat ham biroz tasir o'tkazdi, ammo barchasi o'zimizning qo'limizda edi.



- "Olimpik" futbolchilari joriy mavsum tez-tez terma jamoalarga jalb etilmoqda. Bu futbolchilarga katta yuk bo'lib qolmaydimi? Keyingi mavsum Osiyo Kubogi kutib turibdi. Osiyo Kubogiga qadar tayyorgarlik rejasini ishlab chiqdingizmi?

- Biz faqat FIFA kunlarida yig'inlar o'tkazmoqdamiz. Men hech qanday muammo ko'rmayapman. Biz rejadan tashqari Osiyo o'yinlarida ishtirok etdik xolos. Oldinda faqat dekabr oyida FIFA kunlari bor. Associaciya va PFL bilan kelishgan holda tayyorgarlik rejasini tuzib chiqamiz. Ushbu jarayonda hammasi nazoratimiz ostida va muammoga duch kelmaymiz deb o'ylayman.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика