So’nggi yangiliklar

04:32"Жар"да қорбўрон ўйнаган "Ал Ҳилол" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 04:28ОФК ЭЧЛ. "Ал Васл" ғалабани қўлдан чиқарди  0 04:15А Серия. "Ювентус" ғалаба қозониб, кучли тўртликка қайтди  1 01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  1 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  7 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  4 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  9 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  16

Timur Kapadze: "Olimpik" jamoasiga legionerning keragi yo'q" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Olimpik" jamoasiga legionerning keragi yo'q"

O'zbekiston Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Surxon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

"Hammani mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Jamoalarga omad tilayman. Qiziqarli va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Birinchi tur bo'lgani uchun qaerdadir hayajon sezildi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Superliganing havosi boshqa. "Surxon" kuchga tayanib o'ynadi. Uzatmalar bilan o'ynadi. Ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqaramiz",- deydi Timur Kapadze.

- Jamoa mavsum oldidan legioner olmadi. Buni sizning shaxsiy qaroringizmi?

- Bizga legionerning keragi yo'q. Maqsadimiz bunday o'yinlar orqali tajriba olish. Osiyo chempionati turibdi, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak. O'zimizning yigitlar legionerlardan ham yaxshi harakat qiladi.

- Bir bosh baland raqiblar bilan o'yinlarda futbolchilarga qanday motivaciya berasiz?

- Ruhiy holat muhim ahamiyat kasb etadi. "Surxon" ham nimalarga qodirligini bilmas edik. Hayajon to'sqinlik qildi. O'yindan o'yinga kuchli bo'lib boramiz. Yigitlar bosimdan o'tib olishdi.

Jismoniy holatimiz optimal emasdir. Ikkinchi bo'lim oxirida charchoq sezilgan bo'lishi mumkin. Biz har tomonlama yaxshi edik. "Surxon" murabbiyi jismoniy tomondan munosib tayyorlaganligi ko'rindi. Ispaniyalik murabbiy ko'proq kombinaciya orqali o'ynaydi, deb o'ylagandik. Xatolar orqali o'zimizga ishonch ortadi. Yigitlar bundan ham yaxshiroq o'ynay oladi. Superligada oson jamoalar yo'q. Ularga qarshi bahslarda foydali narsa olamiz.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика